Talabalarning o‘qish xarajatlarini ish beruvchilar qoplab berish tartibi tasdiqlandi

Yangi nizomga ko‘ra, buyurtmachi tashkilotlar talabalar bilan uch tomonlama shartnoma asosida hamkorlik qiladi

Talabalarning o‘qish xarajatlarini ish beruvchilar qoplab berish tartibi tasdiqlandi

Hukumat qarori bilan “Oliy taʼlim tashkilotlari talabalarining buyurtmachilar bilan hamkorligini tashkil etish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar qildi.

Qayd etilishicha, nizom bakalavriat yoʻnalishida ikki va undan yuqori kursda oʻqiyotgan talabalarning oʻqishi uchun shartnoma toʻlovlarini ish beruvchilar tomonidan qoplab berish hamda ularning taʼlimi yakunlangach ishga qabul qilish tartibini belgilaydi.

OTMlar hamda talabalar oʻrtasida 3 tomonlama shartnomalar tuzishda ishchilar soni 50 nafardan ortiq yoki qiymati kamida $1 mln boʻlgan investitsiya loyihalariga ega vazirlik, idora hamda tashkilotlar buyurtmachi sifatida ishtirok etishi mumkin.

Talabalar har yili 20-sentabrgacha saralashda ishtirok etish uchun oliy taʼlim tashkilotiga elektron ariza topshiradi va oʻzlashtirish koʻrsatkichlari toʻgʻrisidagi maʼlumotnomani ilova qiladi. Ular oʻqishni bitirganidan soʻng buyurtmachi korxona yoki tashkilotda ishlab berish sharti bilan ariza topshiradi.

Ariza topshirish va saralab olishda ishtirok etuvchi talabgorlarning joriy oʻquv yilida oʻzlashtirish GPA koʻrsatkichi 3 va undan yuqori boʻlishi lozim. Tanlov komissiyasi har yili 15-oktabrgacha talabgorlarni suhbat asosida saralab oladi.

Talabgorlarni saralab olishda buyurtmachi vakili xulosasi asosiy mezon hisoblanadi. Uch tomonlama shartnoma tuzgan va taʼlimni muvaffaqiyatli tamomlagan talabalar oʻqishini bitirganidan keyin buyurtmachi tomonidan belgilangan tartibda ishga qabul qilinadi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

2027-yilgacha Malayziya va Indoneziyadan 100 ming nafar sayyoh jalb etiladi
/
2027-yilgacha Malayziya va Indoneziyadan 100 ming nafar sayyoh jalb etiladi
Henley & Partners reytingida O‘zbekiston pasporti pozitsiyasi yuqoriladi
/
Henley & Partners reytingida O‘zbekiston pasporti pozitsiyasi yuqoriladi
O‘zbekistonda aeroportlar va avtovokzallar nomlari davlat tili talablariga moslashtiriladi
/
O‘zbekistonda aeroportlar va avtovokzallar nomlari davlat tili talablariga moslashtiriladi