Qoraqalpog‘istonda 73,4 mlrd so‘mlik turzim zonasi quriladi
Xususan, 3 ta mehmonxona, 18 ta mehmon uyi, 20 ta o‘tov, 2 ta restoran obyektlari joylashtiriladi

Foto: Flickr \ t_y_l
Qoraqalpog‘istondagi Ellikqala tumanidagi Oqchako‘l bo‘yida umumiy 73,4 mlrd so‘m mablag‘ asosida turizm rekreatsion zonasini tashkil etish loyihasi amalga oshiriladi. Bu haqda Jo‘qorg‘i Kenges matbuot xizmati xabar berdi.
Loyiha doirasida ko‘l bo‘yida to‘liq infratuzilma bilan ta’minlash orqali 3 ta mehmonxona, 18 ta mehmon uyi, 20 ta o‘tov, 2 ta restoran kabi turizm va xizmat ko‘rsatish obyektlari joylashtiriladi. Loyiha ishga tushgach 75 ta ish o‘rni yaratilishi belgilangan.
Kapital.uz avvalroq Saudiya kompaniyasi Nukus issiqlik ta’minoti tizimiga $411 mln sarmoya kiritishi haqida xabar bergandi. “Saudi Tabreed” “Issiqlikta’minoti” bilan birgalikda 360 MVt issiqlik quvvati va 30 MVt elektr energiyasi ishlab chiqarish quvvatiga ega uskunalar o‘rnatadi.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ