O‘zbekiston 9 oy davomida operatsiyalar hisobi taqchilligi $3,4 mlrd bo‘lgan

Bu qiymat YaIMga nisbatan 4,3% ni tashkil qilgan

O‘zbekiston 9 oy davomida operatsiyalar hisobi taqchilligi $3,4 mlrd bo‘lgan

2024-yilning 9 oyida joriy operatsiyalar hisobi taqchilligi $3,4 mlrd yoki YaIMga nisbatan 4,3% ni tashkil qildi. Bu haqida ma’lumot regulyatorning rasmiy sahifasida e’lon qilindi.

Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 17% ga qisqargan. Bunga savdo balansi saldosi pasayishi va xalqaro pul o‘tkazmalari hajmining oshishi ta’sir ko‘rsatdi.

Jumladan, joriy yilning 9 oyi davomida xalqaro bozorlarda xomashyo narxlarining o‘zgarishi hamda norezidentlarga ko‘rsatilgan xizmatlar hajmining ko‘payishi natijasida, eksport hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 4% ga o‘sib, $19,1 mlrdni tashkil qildi.

Mazkur davrda import hajmi o‘tgan yillarga nisbatan pastroq sur’atlarda o‘sib (5,5%), $31,4 mlrdga yetdi. Bu mamlakatda energiya resurslari, uskunalar va oziq-ovqat importi yuqori bo‘lsa-da, 2023-yildagi ayrim yirik tovar importlari natijasida yuqori baza shakllangani bilan izohlanadi. 

Shuningdek, 2024-yilning 9 oyida savdo balansining manfiy saldosi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 8% ga oshib, $12,4 mlrdga chiqqan. 

Birinchi va ikkinchi daromadlar balansi esa musbat saldoga ega bo‘lib, mos ravishda $973 mln va $8 mlrdni tashkil etgan holda savdo balansi taqchilligini qisman qopladi.

Belgilangan davrda mamlakatga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarning sof kiritilishi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 7% ga oshib, taxminan $1,9 mlrd bo‘lib turibdi. 

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Byudjet tashkilotlariga belgilangan soliq stavkalarining amal qilishi muddati uzaytiriladi
/
Byudjet tashkilotlariga belgilangan soliq stavkalarining amal qilishi muddati uzaytiriladi
“Accial Capital” “Alif” kompaniyasiga $20 mln investitsiya ajratdi
/
“Accial Capital” “Alif” kompaniyasiga $20 mln investitsiya ajratdi
Yil davomida import qilingan telefonlar qiymati $346,5 mlnni tashkil qildi
/
Yil davomida import qilingan telefonlar qiymati $346,5 mlnni tashkil qildi