Markaziy bank: omonat qaytarilganda pul manbasi so‘ralmaydi

Fuqarolar bunday holatga duch kelganda iste’molchilarining huquqlarini himoya qilish xizmatiga murojaat qilishlari mumkin

Markaziy bank: omonat qaytarilganda pul manbasi so‘ralmaydi

Ijtimoiy tarmoqlarda banklardagi omonat hisobvaraqlaridan pul mablag‘larini yechishda iste’molchidan mablag‘ning manbasi so‘ralayotganligiga doir tarqalgan xabarlar tarqalgandi. Mazkur holat yuzasidan Markaziy Bank matbuot xizmati munosabat bildirdi

Amaldagi qonunchilikka asosan jismoniy shaxslar o‘zlariga tegishli omonat hisobvaraqlaridan pul mablag‘larini yechib olayotganda ushbu mablag‘ning kelib chiqish manbasi to‘g‘risida ma’lumot talab qilinmaydi.

Xabarda aytilishicha, regulyator moliyaviy xizmatlar ko‘rsatilishiga doir yuzaga kelayotgan muammo va kamchiliklarni aholi va tadbirkorlik sub’yektlarining murojaatlari hamda boshqa manbalar orqali doimiy ravishda o‘rganib, ularni bartaraf etish choralarini ko‘rib boradi.

Shuningdek, fuqarolardan banklardagi omonat hisobvarag‘ingidagi pul mablag‘larini yechishda uning kelib chiqish manbasi to‘g‘risida ma’lumot talab qilinsa, Markaziy bankning Bank xizmatlari iste’molchilarining huquqlarini himoya qilish xizmatiga  71 212-60-94, 71 212-73-62 raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkin. 

Banklar, mikromoliya va to‘lov tashkilotlari faoliyatida xizmatlar ko‘rsatilishiga oid iste’molchilarning huquqlari buzilayotganligi yuzasidan murojaat yoki takliflarni Markaziy bankning info@cbu.uz elektron manziliga yuborish so‘raladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Senatorlar parklar va botanika bog’larini xususiylashtirishni ta’qiqlamoqda
/
Senatorlar parklar va botanika bog’larini xususiylashtirishni ta’qiqlamoqda
O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi yanvar oyida $4,5 mlrdni tashkil etdi
/
O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi yanvar oyida $4,5 mlrdni tashkil etdi
O‘zbekistonda dollar kursi pasayishda davom etmoqda
/
O‘zbekistonda dollar kursi pasayishda davom etmoqda