O‘zbekistonda oliygohlarni moliyalashtirish reytingga bog‘lanadi

10 ta tadqiqot universitetiga 150 mlrd so‘mgacha mablag‘ ajratiladi

O‘zbekistonda oliygohlarni moliyalashtirish reytingga bog‘lanadi

O‘zbekistonda oliy ta’lim muassasalarini moliyalashtirish tizimi ularning samaradorligi va natijalariga qarab qayta shakllantiriladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati ma’lum qildi.

Yangi tartib doirasida “U10 — Flagman universitetlar” dasturi amalga oshiriladi. Unga ko‘ra, 10 ta oliygoh tanlab olinib, ularga milliy tadqiqot universiteti maqomi beriladi. Saralashda professor-o‘qituvchilar malakasi, xalqaro va milliy reytinglardagi o‘rni hamda ilmiy infratuzilma darajasi inobatga olinadi.

Tanlangan universitetlar huzurida ilmiy-tadqiqot klasterlari tashkil etiladi. Ular mahalliy va xorijiy ilmiy markazlar, institutlar hamda sanoat korxonalari bilan hamkorlikda faoliyat yuritadi. Fan va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi ushbu klasterlarga 150 mlrd so‘mgacha mablag‘ ajratadi.

2027-yildan boshlab oliygohlarni moddiy rag‘batlantirish tizimi ham joriy etiladi. Unda davlat reytingidagi o‘rinlar asosiy mezon bo‘ladi. Baholashda ta’lim sifati, ilmiy natijalar, xalqaro aloqalar, raqamlashtirish darajasi va bitiruvchilarning bandlik ko‘rsatkichlari hisobga olinadi.

Grant asosidagi ta’limni moliyalashtirish tartibi ham o‘zgaradi. Mablag‘lar taqsimotida ta’lim yo‘nalishlarining murakkabligi, iqtisodiyot ehtiyojlari, oliygoh nufuzi va o‘qituvchilar mehnatini rag‘batlantirish omillari inobatga olinadi. Ilmiy tadqiqotlar uchun ajratiladigan mablag‘larning kamida yarmi ustuvor sohalarga yo‘naltiriladi.

Shuningdek, oliygohlar huzurida ilmiy ishlanmalarni amaliyotga joriy etish uchun kichik spin-off kompaniyalar tashkil etishga ruxsat beriladi. Bu innovatsiyalarni ishlab chiqarishga joriy etish va akademik muhitda tadbirkorlikni rivojlantirishga xizmat qiladi.

Bundan tashqari, “Yangi O‘zbekiston stipendiyasi” loyihasi doirasida har yili 500 nafar xorijiy talaba davlat oliygohlarida bepul ta’lim olish imkoniga ega bo‘lishi rejalashtirilmoqda.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Elektrosamokatlar uchun haydovchilik guvohnomasi talab qilinmaydi — YHXB
/
Elektrosamokatlar uchun haydovchilik guvohnomasi talab qilinmaydi — YHXB
O‘zbekistonda mart oyida inflyatsiya 0,6%ni tashkil etdi
/
O‘zbekistonda mart oyida inflyatsiya 0,6%ni tashkil etdi
Toshkentda “Buyuk Ipak yo‘li” atrofida yo‘l o‘tkazgich va BRT liniyasi quriladi
/
Toshkentda “Buyuk Ipak yo‘li” atrofida yo‘l o‘tkazgich va BRT liniyasi quriladi