O‘zbekistonda 5 grammlik oltin quymalari narxi 7,4 mlndan oshdi

17-aprel kuni qiymat ilk bor 7,2 mlnga yetgan edi

O‘zbekistonda 5 grammlik oltin quymalari narxi 7,4 mlndan oshdi

22-aprel kuni o‘lchovli oltin quymalarning narxi yangi rekord ko‘rsatkichga yetdi. Bu haqda Markaziy bank xabar berdi.

1 gramm oltin 1 mln 493 ming 470 so‘m bo‘lib, o‘tgan kunga nisbatan 38 ming 550 so‘m yoki 2,7%ga qimmatlashdi. 5 grammlik o‘lchovli quyma 7,46 mln so‘mdan sotilmoqda.

Regulyator tomonidan oltin quymalari bo‘yicha taqdim qilingan ma’lumotga ko‘ra:

  • 5 gramm o‘lchovli oltin quyma narxi 7,46 mln so‘m;
  • 10 gramm oltin quyma narxi 14,93 mln so‘m;
  • 20 gramm oltin quyma narxi 29,86 mln so‘m;
  • 50 gramm oltin quyma narxi 74,67 mln so‘m;
  • 100 gramm oltin quyma narxi 149,34 mln so‘mni tashkil qiladi.

17-aprelda mamlakatda 5 grammlik oltin quymalari narxi ilk bor 7,2 mln so‘mdan oshgandi

22-aprel kuni oltinning jahon kotirovkalari troya unsiyasi uchun $3478 ga yetdi. Kecha, 21-aprelda dunyo birjalarida oltinning bir troya unsiyasi $3400 gacha ko’tarilgandi

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekiston banklaridagi muammoli kreditlar 23 trln so‘mdan oshdi
/
O‘zbekiston banklaridagi muammoli kreditlar 23 trln so‘mdan oshdi
2025-yilning birinchi choragida $8,7 mlrddan ortiq xorijiy investitsiyalar jalb qilindi
/
2025-yilning birinchi choragida $8,7 mlrddan ortiq xorijiy investitsiyalar jalb qilindi
Raqobat qo‘mitasi Toshkent shahridagi bir necha ovqatlanish shoxobchalar faoliyatini o‘rgandi
/
Raqobat qo‘mitasi Toshkent shahridagi bir necha ovqatlanish shoxobchalar faoliyatini o‘rgandi