Martda Markaziy bankning oltin-valyuta zaxiralari yangi rekordga — $47,85 mlrdga yetdi

Qiymat avvalgi oyga nisbatan $2,9 mlrdga oshgan

Martda Markaziy bankning oltin-valyuta zaxiralari yangi rekordga — $47,85 mlrdga yetdi

2025-yil mart oyi yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston Markaziy bankining oltin-valyuta zaxiralari $2,9 mlrdga oshib, rekord daraja — $47,85 mlrdga yetdi. Zaxiralardagi o‘sishga asosan qimmatbaho metallarning global narxi oshishi fonida oltin zaxirasining qiymati ko‘tarilgani sabab bo‘ldi.

Chet el valyutasidagi zaxiralar $9,5 mlrddan $10,4 mlrdgacha oshdi. Shu bilan birga, regulyatorning xalqaro qimmatli qog‘ozlardagi aktivlari ham, ozgina bo‘lsa-da, $202,5 mlndan $203,1 mlngacha ko‘paydi.

Oltinning zaxiralardagi qiymati $34,9 mlrddan $36,9 mlrdgacha ko‘tarilgan bo‘lsa-da, uning jismoniy hajmi 12,2 mlndan 11,8 mln troya unsiyasigacha kamaydi. Mart oyida oltin narxlari 9,6% ga o‘sib, oy oxirida 1 troya unsiyasi uchun $3,120 ga yetdi.

Biroq aprel oyi boshida bozor keskin o‘zgaruvchanlikni ko‘rsatdi: qisqa muddatli cho‘qqidan so‘ng ($3, 200), oltin narxi pasayib, so‘nggi uch haftadagi eng past daraja — $3,000 gacha tushdi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Uztelecom 1 000 dan ortiq baza stantsiyalarini modernizatsiya qildi va butun mamlakat bo‘ylab 5G tarmog‘ini qurmoqda
/
Uztelecom 1 000 dan ortiq baza stantsiyalarini modernizatsiya qildi va butun mamlakat bo‘ylab 5G tarmog‘ini qurmoqda
Sigaret xaridida naqd pulni taqiqlash: tezlashtirilgan raqamlashtirishmi yoki byudjet uchun xavfmi?
/
Sigaret xaridida naqd pulni taqiqlash: tezlashtirilgan raqamlashtirishmi yoki byudjet uchun xavfmi?
Toshkentda pullik avtoturargohlar tarmog‘i kengaytiriladi
/
Toshkentda pullik avtoturargohlar tarmog‘i kengaytiriladi