O’zbekiston ketma-ket ikkinchi oy oltin xarid qilish bo’yicha yetakchi bo’ldi

Bir oy ichida mamlakat deyarli 10 tonna oltin sotib oldi

O’zbekiston ketma-ket ikkinchi oy oltin xarid qilish bo’yicha yetakchi bo’ldi

Iyul oyida jahon Markaziy banklari oltin zaxiralarini 37,1 tonnaga oshirdi. Bu haqda “World Gold Council” xabar bermoqda.

Eng yirik xaridor Polsha bo’ldi — 14,3 tonna. Ikkinchi o’rinda O’zbekiston — 9,6 tonna, uchinchi o’rinda Hindiston — 5,4 tonna. Bundan tashqari, Iordaniya o’z zaxiralarini to’ldirdi — 4,3 tonna, Turkiya — 3,8 tonna, Qatar — 2,3 tonna va Chexiya — 1,6 tonna. Shu bilan birga, Qozog’iston va Mo’g’uliston mos ravishda 3,9 va 0,7 tonna oltinni sotdilar.

Hisobotda ta’kidlanishicha, Markaziy banklar oltin narxining yangi cho’qqilarga ko’tarilishi natijasida yuzaga kelgan umumiy talabning sovishiga qaramay, so’nggi oylarda oltinni faol ravishda to’plashda davom etmoqda.

Eslatib o’tamiz, O’zbekiston Markaziy banki iyun oyida oltinning asosiy xaridorlaridan biriga aylandi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonning 2025-yildagi YIM hajmi qayta hisob-kitoblardan so‘ng $169 mlrdga yetdi
/
O‘zbekistonning 2025-yildagi YIM hajmi qayta hisob-kitoblardan so‘ng $169 mlrdga yetdi
O‘zbekistonda madaniyat va san’at vakillariga uy-joy subsidiyasi beriladi
/
O‘zbekistonda madaniyat va san’at vakillariga uy-joy subsidiyasi beriladi
Navoiyda $220 mlnlik quyosh elektr stansiyasi ishga tushirildi
/
Navoiyda $220 mlnlik quyosh elektr stansiyasi ishga tushirildi