Oltin quymalari narxi bir oy ichida uchinchi bor rekord darajaga yetdi

Uning narxi bir kun ichida qariyb 1% ga qimmatlashdi, yil boshidan beri 5,7% ga o‘sgan

Oltin quymalari narxi bir oy ichida uchinchi bor rekord darajaga yetdi

31-yanvar kuni oltin quymalarining narxi rekord darajasini yangiladi. Bu haqda Markaziy bank ma’lum qildi.

Bir gramm oltin 1 196 980 so‘mga baholanib, oldingi kunga nisbatan 0,95% ga, yil boshidan esa 5,7% ga oshdi. 5 grammli quyma 5,985 mln so‘mdan, 100 grammli quyma esa 119,698 mln so‘mdan sotilmoqda.

Avvalroq, 24-yanvarda ham oltin quymalari narxi rekordni qayd etgan edi. Unda Bir gramm oltin 1 193 230 so‘mga yoki o‘tgan kunga nisbatan 0,84%ga qimmatroq baholangan edi. 5 grammlik quyma 5, 9 mln so‘mdan sotilmoqda va yilning dastlabki 3 haftasida 5,4%ga qimmatlashgan.

Jahon bozorida ham qimmatbaho metallar narxi rekord darajaga chiqdi. Bir troya unsiyasi $2795 ga baholanmoqda, bu bir gramm oltinning $89,88 ga teng kelishini anglatadi.

Markaziy bank 2018-yildan boshlab aholi uchun oltin tangalar, 2020-yildan esa oltin quymalar savdosini yo‘lga qo‘ydi. 

2023-yil sentabr holatiga ko‘ra, O‘zbekiston aholisi qo‘lida 255 kg sertifikatlangan oltin quymalari mavjud bo‘lib, eng ko‘p talab 10 grammli quymalarga bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, regulyator 17-yanvar kuni 100 grammlik oltin quymalarini sotuvga chiqargan edi

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

2024-yilning so‘nggi uch oyida 8,5 trln so‘mlik Markaziy bank obligatsiyalari emissiya qilindi
/
2024-yilning so‘nggi uch oyida 8,5 trln so‘mlik Markaziy bank obligatsiyalari emissiya qilindi
Raqobat qo‘mitasi BAAning “Naptha Group L.L.C-FZ” kompaniyasi arizasini qanoatlantirdi
/
Raqobat qo‘mitasi BAAning “Naptha Group L.L.C-FZ” kompaniyasi arizasini qanoatlantirdi
Qozog‘iston temir yo‘l orqali benzin va dizel yoqilg‘isini olib chiqishni taqiqlanmoqda
/
Qozog‘iston temir yo‘l orqali benzin va dizel yoqilg‘isini olib chiqishni taqiqlanmoqda