O‘zbekistonda oltin quymalari narxi rekord darajada qimmatlashdi

Markaziy bank vakili dollar kursining tushishi oltin narxining oshishiga bog‘liq emasligini ma’lum qildi

O‘zbekistonda oltin quymalari narxi rekord darajada qimmatlashdi

Oltin quymalar narxi yangi tarixiy maksimumni qayd etdi. 23-sentabrda e’lon qilingan Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, 5 grammli oltin quymasining narxi 7,6 mln so‘mni tashkil qildi.

Quymalar narxi 1 gramm uchun 1,52 mln so‘mga baholanmoqda.

2025-yil boshidan beri oltin quymalar qariyb 34,4% ga qimmatlagan. Yanvarda 5,66 mln so‘m bo‘lgan 5 grammlik quymaning qiymati sentabr oyiga kelib 7,6 mln so‘mga yetdi. O‘tgan yilning mos davri bilan taqqoslaganda esa narx oshishi 37,2% ni tashkil etgan.

23-sentabr holatiga ko‘ra, oltin quymalari narxlari quyidagicha:

  • 5 grammli oltin quyma — 7,6 mln so‘m;
  • 10 grammli oltin quyma — 15,2 mln so‘m;
  • 20 grammli oltin quyma — 30,4 mln so‘m;
  • 50 grammli oltin quyma — 76,9 mln so‘m;
  • 100 grammli oltin quyma — 152,2 mln ming so‘m.

Mahalliy bozordagi oltin narxlari yil boshidan buyon 31 marta o‘z rekord darajasini yangiladi.

Jahon bozorida ham oltin bahosi sezilarli darajada oshib, 1 unsiyasi uchun $3,75 mingga yetgan. AQSh Federal zaxira tizimi o‘tgan haftada foiz stavkalarini 4%−4,25% gacha pasaytirgani fonida qimmatbaho metallarga bo‘lgan qiziqish ortib bormoqda.

O‘zbekiston Markaziy banki o‘zbek so‘mining dollarga nisbatan mustahkamlanishi oltin narxining o‘sishi bilan bog‘liq ekanini inkor qildi. Bu haqda Kapital.uz muxbiri Markaziy bankning Xalqaro zaxiralarni boshqarish departamenti rahbari Sanjar Valiyevga tayanib xabar bermoqda.

Oltin-valyuta zaxiralari chet el valyutasida shakllantirilgani sababli oltin narxining o‘sishi va dollar kursi o‘rtasida hech qanday bog‘liqlik mavjud emas. So‘m bilan hech qanday aloqasi yo‘q. E’lon qilinadigan statistikada zaxiralar hajmi AQSh dollarida ifodalanadi. Bu yerda so‘mning ishtiroki yo‘q, — deya qayd etdi Sanjar Valiyev.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

“Chorsu” mehmonxonasi o‘rnida ko‘p tarmoqli majmua quriladi
/
“Chorsu” mehmonxonasi o‘rnida ko‘p tarmoqli majmua quriladi
2028-yilga qadar to‘qimachilik korxonalari uchun ijtimoiy soliq stavkasi 1% etib belgilandi
/
2028-yilga qadar to‘qimachilik korxonalari uchun ijtimoiy soliq stavkasi 1% etib belgilandi
O‘zbekiston OTMlarining 2025/2026 o‘quv yili uchun to‘lov-kontrakt miqdorlari tasdiqlandi
/
O‘zbekiston OTMlarining 2025/2026 o‘quv yili uchun to‘lov-kontrakt miqdorlari tasdiqlandi