O‘zbekistonda oltin quymalari narxi keskin pasaydi

Xususan, 5 grammli oltin bir kunda 774 ming so‘mga arzonlashgan

O‘zbekistonda oltin quymalari narxi keskin pasaydi

2026-yil 24-mart holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda o‘lchovli oltin quymalari narxlarida sezilarli pasayish kuzatildi.

Eng kichik — 5 grammli oltin quymasining sotuv narxi 9 mln so‘mni tashkil etib, kunlik hisobda 774 ming so‘mga arzonlashgan. 10 grammli quymaning narxi 18,01 mln so‘mga (-1,54 ming so‘m), 20 grammli oltin esa 36,02 mln so‘mga (-3,09 mln so‘m) tushgan.

Yirik hajmdagi quymalar ham arzonlashgan. Jumladan, 50 gramm oltin 90 mln so‘m (-7,73 mln so‘m), 100 gramm oltin esa 180,1 mln so‘m (-15,4 mln so‘m) etib belgilangan.

Mos ravishda qayta sotish narxlari ham pasaygan.

Masalan, 5 grammli oltin butun qadoqda 8,6 mln so‘m, shikastlangan yoki ekspertizadan o‘tgan holatda esa 8,5 mln so‘mdan qabul qilinmoqda. 100 grammli quymaning qayta xarid narxi esa mos ravishda 173,1 mln so‘m va 171, 3 mln so‘mni tashkil etadi.

Jahon bozorida oltinning bir unsiya narxi $4,3 mingdan sotilmoqda.

 

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Toshkentda 2026-yil 1-oktabrdan yangi issiqxonalar qurilishi cheklanadi
/
Toshkentda 2026-yil 1-oktabrdan yangi issiqxonalar qurilishi cheklanadi
Jahon banki Surxondaryoda yo‘l rekonstruksiyasi uchun $200 mln ajratadi
/
Jahon banki Surxondaryoda yo‘l rekonstruksiyasi uchun $200 mln ajratadi
O‘zbekistonda havaskorlar o‘rtasida ADM Global Golf Tour boshlandi
/
O‘zbekistonda havaskorlar o‘rtasida ADM Global Golf Tour boshlandi