5 grammli oltin quymasi narxi 10 mln so‘mdan pastga tushdi

Jahon bozorida ham oltin qiymati $4,6 mingdan pastladi

5 grammli oltin quymasi narxi 10 mln so‘mdan pastga tushdi

O‘zbekistonda oltin quymalari narxi sezilarli darajada pasaydi. Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, 5 grammli oltin quymasi narxi 9,86 mln so‘mni tashkil etdi.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan haftaga nisbatan 918 ming so‘mga yoki 8,5% ga kamaygan.

Shuningdek:

  • 10 grammli quymaning narxi — 19,73 mln so‘m (−1,83 mln so‘m);
  • 20 gramm — 39,46 mln so‘m;
  • 50 gramm — 98,67 mln so‘m;
  • 100 gramm — 197,34 mln so‘mni tashkil etdi.

Oltinni qayta sotib olish narxlari ham pasaydi. Jumladan, 5 grammli quymaning asl qadoqdagi qaytarib olish qiymati 9,67 mln so‘m, shikastlangan holatda esa 9,57 mln so‘m etib belgilandi. 100 grammli quymaning qayta sotib olish narxi mos ravishda 193,43 mln va 191,48 mln so‘mni tashkil qildi.

Jahon bozorida ham oltin narxi pasaymoqda. Goldprice ma’lumotlariga ko‘ra, bir troya unsiyasi $4562,32 (bir gramm uchun $146,4) darajasiga tushdi. Kunlik pasayish 6,7 foizni tashkil etdi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda havaskorlar o‘rtasida ADM Global Golf Tour boshlandi
/
O‘zbekistonda havaskorlar o‘rtasida ADM Global Golf Tour boshlandi
Buyuk Ipak yo‘li ko‘chasida 23,8 mlrd so‘mlik turistik zona barpo etiladi
/
Buyuk Ipak yo‘li ko‘chasida 23,8 mlrd so‘mlik turistik zona barpo etiladi
Fevral oyida aholining sezilgan inflyatsiyasi 11,6%ni tashkil etdi
/
Fevral oyida aholining sezilgan inflyatsiyasi 11,6%ni tashkil etdi