5 grammli oltin quymalari narxi 10 mln so‘mdan pastladi

Jahon bozorida ham pasayish kuzatilib, troya unsiyasi $4,9 mingdan pastga tushdi

5 grammli oltin quymalari narxi 10 mln so‘mdan pastladi

O‘zbekistonda o‘lchovli oltin quymalari narxi sezilarli darajada pasaydi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki matbuot xizmati ma’lum qildi.

Yangilangan ma’lumotlarga ko‘ra, 5 grammli oltin quymasining narxi 9,78 mln so‘mni tashkil etdi. Bu avvalgi kun ko‘rsatkichiga nisbatan 67 ming so‘mga arzon degani. Narxlar fevral oyidagi minimal darajaga yaqinlashgan.

Boshqa o‘lchamlar bo‘yicha narxlar quyidagicha:

  • 10 gramm — 19,56 mln so‘m;
  • 20 gramm — 39,12 mln so‘m;
  • 50 gramm — 97,80 mln so‘m;
  • 100 gramm — 195,60 mln so‘m.

Qayta sotib olish (buyback) shartlari ham yangilandi. 5 grammli quymaning butun qadoqdagi qayta xarid narxi 9,4 mln so‘m, qadoq shikastlangan yoki ekspertizadan o‘tgan holatda esa 9,30 mln so‘m etib belgilandi.

100 grammli quymaning qayta xarid narxi mos ravishda 188 mln so‘m (butun qadoq) va 186,10 mln so‘m (shikastlangan)ni tashkil etadi.

Jahon bozorida ham pasayish tendensiyasi kuzatilmoqda. Goldprice ma’lumotiga ko‘ra, oltinning troya unsiyasi narxi $4 849,47 ($155,92 — grammiga) darajasiga tushgan. Sutkalik pasayish 0,85%ni tashkil etdi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Chet eldan O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari hajmi qariyb 22% ga oshdi
/
Chet eldan O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari hajmi qariyb 22% ga oshdi
Xitoyda elektromobillar savdosi fevral oyida 1,8 mln donagacha kamaydi
/
Xitoyda elektromobillar savdosi fevral oyida 1,8 mln donagacha kamaydi
Samarqand viloyatini rivojlantirishga 29 trln so‘m yo‘naltiriladi
/
Samarqand viloyatini rivojlantirishga 29 trln so‘m yo‘naltiriladi