Markaziy bank: 5 grammlik oltin quyma narxi ilk bor 6,9 mln so‘mdan oshdi

Dunyo kotirovkalarida oltin troya unsiyasi uchun $3230dan oshdi 

Markaziy bank: 5 grammlik oltin quyma narxi ilk bor 6,9 mln so‘mdan oshdi

14-aprel kuni o‘lchovli oltin quymalarning narxi yangi rekord ko‘rsatkichga yetdi. Bu haqda Markaziy bank xabar berdi.

1 gramm oltin 1 mln 387 ming 340 so‘mga baholanmoqda. 5 grammlik o‘lchovli quyma 6 mln 937 ming so‘mdan sotilmoqda.

Regulyator tomonidan oltin quymalari bo‘yicha taqdim qilingan ma’lumotga ko‘ra:

  • 5 gramm o‘lchovli oltin quyma narxi 6 mln 937 ming so‘m;
  • 10 gramm oltin quyma narxi 13 mln 873 ming som;
  • 20 gramm oltin quyma narxi 27 mln 747 ming so‘m;
  • 50 gramm oltin quyma narxi 69 mln 367 ming so‘m;
  • 100 gramm oltin quyma narxi 138 mln 734 ming so‘mni tashkil qiladi.

14-aprel kuni oltinning jahon kotirovkalari troya unsiyasi uchun $3230dan oshdi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

“Yuksalish” 40 yoshgacha bo‘lgan 40 nafar yosh rahbar reytingini yangiladi
/
“Yuksalish” 40 yoshgacha bo‘lgan 40 nafar yosh rahbar reytingini yangiladi
O‘zbekistonda tadbirkorlarga biznes faoliyatini vaqtincha to‘xtatib turish huquqi beriladi
/
O‘zbekistonda tadbirkorlarga biznes faoliyatini vaqtincha to‘xtatib turish huquqi beriladi
Toshkentda havoni ifloslantirgan qurilish kompaniyasiga 1,23 mlrd so‘m kompensatsiya hisoblandi
/
Toshkentda havoni ifloslantirgan qurilish kompaniyasiga 1,23 mlrd so‘m kompensatsiya hisoblandi