O‘zbekistonda oltin qazib olish hajmi 9 yilda 31 tonnaga oshdi — Prezident

Tog‘-kon sanoatiga $10 mlrd investitsiya jalb qilindi, sohada 65 ta xususiy kompaniya faoliyat yuritmoqda

O‘zbekistonda oltin qazib olish hajmi 9 yilda 31 tonnaga oshdi — Prezident

So‘nggi to‘qqiz yil davomida O‘zbekistonda oltin qazib olish hajmi yiliga 31 tonnaga oshdi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev tog‘-kon sanoatini isloh qilish natijalari tahliliga bag‘ishlangan yig‘ilishda ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, konlarni investorlar ixtiyoriga ochiq mexanizmlar asosida berish amaliyoti soha rivojiga turtki berdi. Natijada tog‘-kon sanoatiga $10 mlrd xorijiy investitsiya jalb qilindi. Hozirgi kunda tarmoqda 65 ta xususiy kompaniya faoliyat yuritmoqda.

Ta’kidlanishicha, mustaqillikning dastlabki 25 yilida oltin qazib olish hajmi 24 tonnaga oshgan bo‘lsa, so‘nggi 9 yilda bu ko‘rsatkich 31 tonnani tashkil etgan. O‘tgan yil yakunida oltin qazib olish hajmi 118,4 tonnaga yetgan.

Boshqa foydali qazilmalar bo‘yicha ham o‘sish kuzatilgan. 2016-yildan buyon kumush qazib olish 1,6 barobarga, uran 2,1 barobarga, mis esa 1,4 barobarga oshgan. O‘tgan yil yakunlariga ko‘ra, sohada ishlab chiqarilgan mahsulotlar qiymati 270 trln so‘mni tashkil etdi.

Tog‘-kon korxonalari ish haqi darajasi bo‘yicha ham yetakchi sohalardan biri hisoblanadi. Geodezist va geologlarning oylik daromadi 70 mln so‘mgacha yetmoqda. Burg‘ulash mutaxassislari va kon samosvali haydovchilari 40 mln so‘mgacha, ekskavator operatorlari esa qariyb 30 mln so‘m maosh olmoqda.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Ko‘chmas mulk yoki transport vositalarini naqd pulsiz sotish tartibi tasdiqlandi
/
Ko‘chmas mulk yoki transport vositalarini naqd pulsiz sotish tartibi tasdiqlandi
Fevral oyida ko‘chmas mulk bitimlar soni 4% ga oshdi — ITIM
/
Fevral oyida ko‘chmas mulk bitimlar soni 4% ga oshdi — ITIM
Toshkent–Chorvoq pulli yo‘li 3 yilda quriladi
/
Toshkent–Chorvoq pulli yo‘li 3 yilda quriladi