Oltin narxi birinchi marta unsiyasi uchun $2 800 dan oshdi

Dekabr shartnomasi narxi 0,7% ga o'sdi

Oltin narxi birinchi marta unsiyasi uchun $2 800 dan oshdi

O’zbekistonda oltinning birja narxi birinchi marta unsiya uchun $2 800 dan oshdi. Shuningdek, Chikago tovar birjasida 30-oktabr kungi savdolarda oltinning dekabr shartnomasi narxi 0,7% ga o’sib, unsiya uchun $2 800,5 ni tashkil etdi. Bu haqda “RBK” xabar berdi.

Shu bilan birga, oltin bozoridagi yangi rekordlar AQSh saylovlari yakunlariga oid noaniqlik va Yaqin Sharqda harbiy mojaroning kuchayishi haqidagi xavotirlar fonida xavfsiz aktivlarga talabning ortishi bilan bog’liq hisoblanmoqda. Sababi, investorlar oltindan geosiyosiy va iqtisodiy xatarlardan himoya vositasi sifatida foydalanadilar.

Oltin bozoridagi ralli, AQShdagi iqtisodiy istiqbolga oid xavotirlar va iste’mol narxlari o’sishining qayta tiklanishi kutilmalari bilan ham kuchaymoqda.

Eslatib o’tamiz, joriy yilning 26 sentabr kuni Chikago tovar birjasida dekabr oyidagi oltin shartnomalari qiymati 0,57%ga oshib, unsiya uchun $2700,2ga yetgan edi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda kredit va mikroqarz reklamalarida moliyaviy xavf haqida ogohlantirish majburiy bo‘ldi
/
O‘zbekistonda kredit va mikroqarz reklamalarida moliyaviy xavf haqida ogohlantirish majburiy bo‘ldi
Ko‘p kvartirali uylar qurilishida eskrou hisobvaraqlari joriy etilishi bo‘yicha qonun Senatga yuborildi
/
Ko‘p kvartirali uylar qurilishida eskrou hisobvaraqlari joriy etilishi bo‘yicha qonun Senatga yuborildi
O‘zbekistonda energetika loyihalarida mahalliy institutlar ulushi 50% ga yetkaziladi
/
O‘zbekistonda energetika loyihalarida mahalliy institutlar ulushi 50% ga yetkaziladi