2.5.2025 | 11:13
O‘zbekistonda oltin quymalari narxi arzonlashdi
5 grammlik quymalar narxi 7,2 mln so‘mdan 6,9 mln so‘mga tushdi

Фото: Центральный банк
2-may kuni o‘lchovli oltin quymalarning narxi keskin tushib ketdi. Bu haqda Markaziy bank xabar bermoqda.
1 gramm oltin 1 mln 380 ming 200 so‘m bo‘lib, o‘tgan kunga nisbatan 26 ming 400 so‘mga yetdi. 5 grammlik o‘lchovli quyma 6,9 mln so‘mdan sotilmoqda.
Regulyator tomonidan oltin quymalari bo‘yicha taqdim qilingan ma’lumotga ko‘ra:
- 5 gramm o‘lchovli oltin quyma narxi 6,9 mln so‘m;
- 10 gramm oltin quyma narxi 13,8 mln so‘m;
- 20 gramm oltin quyma narxi 27,6 mln so‘m;
- 50 gramm oltin quyma narxi 69 mln so‘m;
- 100 gramm oltin quyma narxi 138 mln so‘mni tashkil qiladi.
Kapital.uz 22-aprelda mamlakatda oltin quymalari narxi rekord ko’rsatkichga — 7,2 mln so‘mga yetgani haqida xabar bergandi.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ