Oltin narxi rekord darajada — $3,8 mingdan oshdi
Qimmatbaho metal 6 hafta davomida uzluksiz o‘sishda davom etmoqda

Jahon bozorida oltin narxi rekord darajaga yetib, bir unsiyasi (taxminan 28 gram) $3 812 ga baholanmoqda. Bu haqda Al Arabiya xabar berdi.
Bu ko‘rsatkich oltinning tarixiy maksimumi bo‘lib, so‘nggi 6 hafta ichida uzluksiz o‘sishda davom etmoqda
Shuningdek:
- kumush 2,4% ga oshib, $46,75 ni tashkil etmoqda — bu 2011-yildan beri kuzatilgan eng yuqori ko‘rsatkich;
- platina $1,6 mingdan oshib, 2013-yildan buyon birinchi bor bunday darajaga yetgan;
- palladiy esa iyul oyidan beri eng yuqori ko‘rsatkichni ko‘rsatmoqda — bir unsiya uchun $1,28 mingni tashkil etmoqda.
Umumiy hisobda, oltin narxi 2025-yil boshidan buyon 45% ga ko‘tarilgan. Analitiklar bu o‘sishni global iqtisodiy beqarorlik, inflyatsiya xavfi va AQSH Markaziy banki mustaqilligiga tahdidlar bilan bog‘lamoqda.
Mutaxassislar fikricha, oltin hali ham dollar va AQSH obligatsiyalariga nisbatan “ortiqcha baholangan” emas. Ushbu qimmatbaho metal hali ham investorlar uchun xavfsiz aktiv sanalmoqda. Goldman Sachs va Deutsche Bank kabi yirik moliyaviy institutlar oltin narxining o‘sishi davom etishini prognoz qilmoqda.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ