Oltin narxi jahon bozorida $4,7 mingdan yuqoriladi

O‘zbekistonda 5 grammlik oltin quymalari narxi 9,2 mln so‘mlik qiymatga yetdi

Oltin narxi jahon bozorida $4,7 mingdan yuqoriladi

20-yanvar kuni oltinning global narxi ilk marta troya unsiyasi (31,1 g) uchun $4,7 mingdan yuqoriladi. Shu tariqa qimmatbaho metalning navbatdagi rekord ko‘rsatkichi qayd etildi.

Yillik hisobda oltin narxi 70% dan ko‘proq o‘sdi. Bu tarixdagi eng yuqori ko‘rsatkichlardan biri. 20-dekabrga nisbatan oylik o‘sish 6% dan oshdi.

So‘nggi kunlarda oltin qimmatlashayotganiga AQSH prezidenti Donald Trampning Daniyaga qarashli Grenlandiyani egallab olish haqidagi bayonotlari sabab bo‘lmoqda.

Dushanba kuni e’lon qilingan xabarlarga ko‘ra, Daniya tomoni AQSH Grenlandiya oroli ustidan nazorat qilish uchun kuch ishlatishini istisno qilmayapti. Shu tufayli, Daniya oroldagi harbiy kuchlarni ko‘paytirmoqda.

Donald Tramp Grenlandiya AQSHga sotilmasa, 1-fevraldan boshlab sakkizta Yevropa davlatiga qo‘shimcha 10% lik import bojlari joriy qilinishi bilan tahdid qilgandi. Orol yozgacha sotilmasa, bojlar 25% gacha ko‘tarilishi mumkin.

Shuningdek, 2026-yil 20-yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda oltin quymalari sotish narxlari ham  yuqoriladi:

  • 5 gramm — 9 244 000 so‘m
  • 10 gramm — 18 488 000 so‘m
  • 20 gramm — 36 975 000 so‘m
  • 50 gramm — 92 439 000 so‘m
  • 100 gramm — 184 877 000 so‘m.

19-yanvar kuni Markaziy bank tomonidan e’lon qilingan ma’lumotga ko‘ra, ayni paytda oltin quymalarining sotish narxlari quyidagicha: 5 gramm – taxminan 9 139 000 so‘m, 10 gramm – 18 277 000 so‘m, 20 gramm – 36 554 000 so‘m va 100 gramm – 182 772 000 so‘m belgilangan edi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda Apple Pay va Google Pay ishga tushishi uchun shaxsiy ma’lumotlar haqidagi qonun o‘zgartirildi
/
O‘zbekistonda Apple Pay va Google Pay ishga tushishi uchun shaxsiy ma’lumotlar haqidagi qonun o‘zgartirildi
AQSh Qanot Sharq aviakompaniyasiga parvozlar uchun vaqtinchalik ruxsat berdi
/
AQSh Qanot Sharq aviakompaniyasiga parvozlar uchun vaqtinchalik ruxsat berdi
O‘zbekistonda ID kartalar elektron raqamli imzo bilan beriladi
/
O‘zbekistonda ID kartalar elektron raqamli imzo bilan beriladi