Oltin narxi tarixiy rekordni yangilab, bir unsiya uchun $5250dan oshdi

AQShdagi bayonotlardan so‘ng investorlar himoya aktivlariga o‘ta boshladi

Oltin narxi tarixiy rekordni yangilab, bir unsiya uchun $5250dan oshdi

28-yanvar kuni Comex birjasida oltin fyucherslari narxi rekord darajaga yetib, bir troya unsiyasi uchun $5 250,4ni tashkil etdi.

Kun davomida qimmatbaho metall qiymati 3 foizdan ko‘proqqa oshdi. Shu bilan birga, boshqa aktivlar ham qimmatlashdi: kumush $115,85, platina $2 682,7, palladiy esa $1 987gacha ko‘tarildi. Yevroning dollarga nisbatan kursi 1,2 darajadan oshib, 2021-yil yozidan beri eng yuqori ko‘rsatkichni qayd etdi.

Financial Times ma’lumotiga ko‘ra, bozordagi keskin o‘zgarishlar AQSh prezidenti Donald Trampning Ayovadagi chiqishidan so‘ng yuz berdi. U dollar kursining pasayishi uni tashvishga solmasligini va mamlakat iqtisodiyoti yaxshi holatda ekanini ta’kidladi. Investorlar bu bayonotni dollar zaiflashishiga ruxsat berilishi sifatida baholab, oltin kabi himoya aktivlariga o‘ta boshladi.

Bundan tashqari, AQSh hukumati faoliyati vaqtincha to‘xtashi mumkinligi (shutdown) haqidagi xavotirlar ham dollar bosim ostida qolishiga sabab bo‘lmoqda.

O‘zbekistonda ham oltin narxlari tarixiy rekordni yangiladi. Markaziy bank ma’lumotiga ko‘ra, 5 grammli oltin quymasi 10,29 mln so‘mgacha qimmatlashdi. 10 va 20 grammli quymalar mos ravishda 20,5 mln va 41,1 mln so‘mga yetdi. 50 va 100 grammli quymalar esa 102,9 mln va 205,8 mln so‘mdan sotilmoqda.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Markaziy bank: Yangi bank yopilishiga investor topilmagani ham sabab bo‘lgan
/
Markaziy bank: Yangi bank yopilishiga investor topilmagani ham sabab bo‘lgan
O‘zbekistonda “Tashabbusli byudjet”ning 10-mavsumi fevral oyida boshlanadi
/
O‘zbekistonda “Tashabbusli byudjet”ning 10-mavsumi fevral oyida boshlanadi
Mobil operatorlarga tarifni o‘zgartirish uchun haq olish taqiqlanadi
/
Mobil operatorlarga tarifni o‘zgartirish uchun haq olish taqiqlanadi