5.6.2024 | 14:56
Olmaliq KMK $200 mlndan ortiq mahsulot eksport qildi
Bu ko'rsatkich 21%ga kamaydi

Фото: АГМК
Joriy yilning yanvar-may oylarida Olmaliq kon-metallurgiya kombinati $232,4 mlnlik mahsulot eksport qildi, bu o’tgan yilning shu davriga nisbatan 21%ga kam. Bu haqda kompaniya xabar beradi.
Chet elga 20 ming tonna mis mahsulotlari, 11,2 ming tonna rux mahsulotlari, 310 tonna molibden mahsulotlari va 368 tonna qo’rg’oshin konsentrati yetkazib berildi.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ