Oliver Xyuz O’zbekistonda shaxs va bankka doir ma’lumotlarni “Cloud”da saqlashni taklif qildi

U banklarga shaxsiy ma’lumotlarni o‘z serverlarida saqlash talablari ularning kengayishiga to‘sqinlik qilayotganini ta’kidladi

Oliver Xyuz O’zbekistonda shaxs va bankka doir ma’lumotlarni “Cloud”da saqlashni taklif qildi

20-dekabr kuni Shavkat Mirziyoyev mamlakatning yetakchi tadbirkorlari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda “TBC Group” vakili Oliver Xyuz texnologik sanoat va bank sektorini rivojlantirish uchun muhim taklif bilan chiqdi. U shaxsga doir va bank ma’lumotlarini “bulut” (Cloud) texnologiyalarida saqlashga ruxsat berish maqsadida qonunchilikka o‘zgartirish kiritishni taklif etdi.

Oliver Xyuz mazkur masalaning texnologik rivojlanishga ta’sirini ta’kidlab, banklarga shaxsiy ma’lumotlarni o‘z serverlarida saqlash talablari ularning kengayishiga to‘sqinlik qilayotganini aytdi.

“Bulut texnologiyalari rivojlanish uchun keng imkoniyatlar yaratadi, ammo hozirgi talablar bu jarayonni sekinlashtiradi. Bu, ayniqsa, sun’iy intellekt sohasini rivojlantirish uchun muhim, chunki katta hisoblash quvvatini talab qiluvchi sun’iy intellekt texnologiyalari O‘zbekistonda yetarli darajada mavjud emas,” – dedi u.  


“Bu nafaqat texnologik rivojlanish, balki fuqarolarning shaxsiy ma’lumotlari xavfsizligini ta’minlash bilan bog‘liq. Biz bunday dolzarb masalalarda xatoga yo‘l qo‘yolmaymiz,” – dedi prezident.  

Prezident Mirziyoyev bu taklifning ahamiyatini e’tirof etib, masalani chuqur o‘rganish bo‘yicha topshiriq berdi.

Shuningdek, mazkur masala hukumat, Markaziy bank va boshqa rasmiy organlar bilan birgalikda muhokama qilinayotgani aytildi. Yangi qonunchilik o‘zbek va xalqaro kompaniyalarga shaxsiy va bank ma’lumotlarini O‘zbekistonda yoki chet elda joylashgan bulut xizmatlarida saqlash imkonini berishi mumkin.  

Mazkur taklif sun’iy intellekt sohasidagi ishlanmalarni rivojlantirish uchun ham strategik ahamiyatga ega ekani qayd etildi. Prezident kelajakka oid qarorlarni puxta o‘rganib, to‘g‘ri yo‘lni tanlash zarurligini yana bir bor ta’kidladi.  

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Telegram so‘nggi uch yil ichida birinchi marta daromadga chiqdi
/
Telegram so‘nggi uch yil ichida birinchi marta daromadga chiqdi
Jahon banki Xorazm viloyatida yangi quyosh elektr stansiyasi qurilishiga $3,5 mln ajratdi
/
Jahon banki Xorazm viloyatida yangi quyosh elektr stansiyasi qurilishiga $3,5 mln ajratdi
“Toshkentdonmahsulotlari” aksiyadorlik jamiyatining aksiyalari savdoga chiqarildi
/
“Toshkentdonmahsulotlari” aksiyadorlik jamiyatining aksiyalari savdoga chiqarildi