USAID ko’magida O’zbekistonda yangi o’g’it zavodi ochildi

Zavod qurilishi va jihozlar uchun $1 mln sarmoya kiritildi

USAID ko’magida O’zbekistonda yangi o’g’it zavodi ochildi

Joriy yilning 11-oktyabr kuni AQSh Xalqaro taraqqiyot agentlig ma’muriyati yordamchisi o‘rinbosari Anjali Kor va agentlikning O‘zbekistondagi missiyasi direktori Devid Xofman “Ifoda Agro Kimyo Ximoya” MChJ tomonidan Namanganda qurilgan yangi o‘g‘it zavodining ochilish marosimida ishtirok etdi. Bu haqda USAIDning rasmiy sahifasida xabar berildi.

2022-yili USAID tomonidan fermerlar va oʻgʻit ishlab chiqaruvchilarni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan $2 mlnlik mablagʻ ajratilishini eʼlon qilgandi. Bu tashabbus mahalliy o’g’itlar ishlab chiqarishni ko’paytirish va uning sifatini yaxshilash orqali aholining zaif qatlamlarini global oziq-ovqat inqirozining yomonlashuvidan himoya qilishga qaratilgan.

Natijada agentlik tomonidan O‘g‘itlar ishlab chiqarish va samaradorlikni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tashkil etildi. Shuningdek, Ifoda kompaniyasiga $460 minglik o‘g‘it ishlab chiqarish uskunasini taqdim etdi. Bunday tashqari agentlik qurilish va jihozlar xarid qilish uchun ham $1 mln sarmoya kiritdi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Jahon banki O’zbekiston iqtisodiyotining o’sish prognozini 6%gacha yaxshiladi
/
Jahon banki O’zbekiston iqtisodiyotining o’sish prognozini 6%gacha yaxshiladi
Ikkita yog’-moy korxonasiga nisbatan ish qo’zg’atildi
/
Ikkita yog’-moy korxonasiga nisbatan ish qo’zg’atildi
O’zbekiston 2030 yilgacha sun’iy intellektni rivojlantirish strategiyasini tasdiqladi
/
O’zbekiston 2030 yilgacha sun’iy intellektni rivojlantirish strategiyasini tasdiqladi