Koreyaning “Krafton” kompaniyasi Toshkentda ofis ochishni rejalashtirmoqda

Kompaniya mahalliy iqtidorli dasturchilarni jalb qilish imkoniyatlarini ko'rib chiqadi

Koreyaning “Krafton” kompaniyasi Toshkentda ofis ochishni rejalashtirmoqda

“IT Park Uzbekistan” delegatsiyasi Seul shahrida “Krafton” rahbariyati bilan uchrashdi. Unda, «PUBG» onlayn o’yini yartuvchisi “Krafton” kompaniyasi Toshkentda ofis ochishni rejalashtirayotganini aytib o’tdi.

Kompaniya poytaxtda ofisning ochilishini mahalliy auditoriyaga oson kirishi va moliyaviy hamda strategik ustunliklarga erishishiga katta ta’sir o’tkazishini keltirib o’tdi.

Shuningdek, ofis ochishda mahalliy iqtidorli dasturchilarni jalb qilish imkoniyatlarini ko’rib chiqadi.

Bundan tashqari, uchrashuvda tomonlar 2025-yilda “GameDev” xakatonini (o‘yinlarni ishlab chiqish bo‘yicha mutaxassislar tanlovi) o‘tkazishni muhokama qilishdi.

Ma’lumot uchun, 2007-yilda asos solingan “Krafton” kompaniyasi “TERA”, “PUBG: Battlegrounds”, “New State Mobile”, “The Callisto Protocol” va “Moonbreaker” kabi video o‘yinlarning yetakchi ishlab chiqaruvchisi va nashriyotchisi sifatida tanilgan. Markaziy ofisi Seulda joylashgan va 2500 nafar xodimga ega bo‘lgan kompaniya o‘yin sanoatida yetakchi o‘rinni egallab kelmoqda.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda $5 mingdan ortiq aktivga ega investorlar xorijiy aksiyalarni sotib olishi mumkin bo‘ladi
/
O‘zbekistonda $5 mingdan ortiq aktivga ega investorlar xorijiy aksiyalarni sotib olishi mumkin bo‘ladi
Microsoft servislarida global uzilish yuz berdi
/
Microsoft servislarida global uzilish yuz berdi
O‘zbekistonning 2025-yildagi YIM hajmi qayta hisob-kitoblardan so‘ng $169 mlrdga yetdi
/
O‘zbekistonning 2025-yildagi YIM hajmi qayta hisob-kitoblardan so‘ng $169 mlrdga yetdi