Nurafshonda qiymati $11 mln bo‘lgan yangi to‘qimachilik fabrikasi ochildi

Uning ishlab chiqarish quvvati yiliga 450 ming tonna bo‘lib, tayyor mahsulot MDH davlatlariga yetkazib beriladi

Nurafshonda qiymati $11 mln bo‘lgan yangi to‘qimachilik fabrikasi ochildi

Nurafshonda $11 mln investitsiya asosida tashkil etilgan Elittex to‘qimachilik fabrikasi o‘z faoliyatini boshladi. Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Korxona mato ishlab chiqarish, ularni bo‘yash va to‘qimachilik mahsulotlari tayyorlashga ixtisoslashgan. Yangi ishlab chiqarish quvvati yiliga 450 ming tonnani tashkil etadi, tayyor mahsulot esa MDH davlatlariga yetkazib beriladi.

Loyiha doirasida 70 ta yangi ish o‘rni yaratildi, bu esa mintaqada aholi bandligini oshirishga xizmat qilmoqda.

Mahalliy hokimiyat ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda Nurafshonda 144 ta sanoat korxonasi faoliyat yuritmoqda va ularga $172 mln miqdorida investitsiya jalb qilingan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Sherzodxon Qudratxo‘ja Milliy media assotsiatsiyasi rahbari lavozimini tark etdi
/
Sherzodxon Qudratxo‘ja Milliy media assotsiatsiyasi rahbari lavozimini tark etdi
“O‘zbekneftgaz”da investitsiyalar samaradorligini nazorat qiluvchi qo‘mita tuzildi
/
“O‘zbekneftgaz”da investitsiyalar samaradorligini nazorat qiluvchi qo‘mita tuzildi
Farmatsevtika va dorivor o‘simliklar loyihalariga soliq imtiyozlari beriladi
/
Farmatsevtika va dorivor o‘simliklar loyihalariga soliq imtiyozlari beriladi