Nurafshonda $15 mlrdga «aqlli shahar» qurishni rejalashtirmoqda

Loyiha Amerika kompaniyasi tomonidan amalga oshiriladi.

Nurafshonda $15 mlrdga «aqlli shahar» qurishni rejalashtirmoqda

Amerikaning «C&N Associates» kompaniyasi Nurafshonda «aqlli shahar» qurishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Amerikaning «C&N Associates» kompaniyasi Nurafshonda 1,6 ming gektar maydonda yangi shahar qurish loyihasini taqdim etdi. Loyiha «aqlli shahar» texnologiyasidan foydalangan holda amalga oshiriladi.

Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayevning kompaniya direktori Ronald Jeyms Xabbard boshchiligidagi AQSh delegatsiyasi bilan uchrashuvida $10-15 mlrdlik loyihani amalga oshirish uchun 15 dan ortiq investorlarni jalb qilish bo’yicha takliflar muhokama qilindi.

Birinchi bosqichda mahalliy xomashyodan qurilish materiallari ishlab chiqarish zavodi qurilishi rejalashtirilgan, bu esa past xarajatlar va yuqori sifatni ta’minlaydi.

Shuningdek, «aqlli shahar»da yangi ish o’rinlari yaratadigan davlat muassasalari, tibbiyot va ta’lim tashkilotlari, sanoat zonalari va texnoparklarni joylashtirish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Bundan tashqari, Nurafshon va Toshkent o’rtasida tezkor temir yo’l aloqasi tashkil etish rejalashtirilgan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekiston 157 mln yevroga o‘nta Škoda elektropoyezdini xarid qiladi
/
O‘zbekiston 157 mln yevroga o‘nta Škoda elektropoyezdini xarid qiladi
Urbanizatsiya qo‘mitasi 35 ta hududdagi ko‘chmas mulk bozorida narxlarini o‘rgandi
/
Urbanizatsiya qo‘mitasi 35 ta hududdagi ko‘chmas mulk bozorida narxlarini o‘rgandi
Saida Mirziyoyeva Shayxontohurda yangi istirohat bog‘i hududini ko‘zdan kechirdi
/
Saida Mirziyoyeva Shayxontohurda yangi istirohat bog‘i hududini ko‘zdan kechirdi