O‘zbekistonda muammoli kreditlar 22,4 trln so‘mga yetdi

Shundan 14,9 trln so‘mi davlat ulushi mavjud banklarga to‘g‘ri keladi

O‘zbekistonda muammoli kreditlar 22,4 trln so‘mga yetdi

2024-yil 1-dekabr holatiga ko‘ra, O‘zbekiston banklarida muammoli kreditlar (NPL) 433 mlrd so‘mga oshib  22,4 trln so‘mga yetdi. Bu haqida Regulyator xabar berdi

Shundan 14,9 trln so‘mi davlat ulushi mavjud banklarga, 7,4 trln so‘mi esa xususiy banklarga to‘g‘ri keladi. 

Davlat ulushi mavjud banklarda eng katta NPL summasi “O‘zmilliybank” (3,6 trln), “Sanoatqurilishbank” (1,9 trln), “Agrobank” (2,1 trln) portfellarida kuzatilmoqda. Ammo eng muammoli bank “Biznesni rivojlantirish banki” bo‘lib, uning kredit portfelidagi ishlamaydigan qarzlar ulushi 10% ni tashkil qilmoqda. Bu bank tizimi bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkich (4,1%) dan ancha yuqori. 

Xususiy banklarda esa eng katta NPL ulushi Ipoteka bank (11,3%), Garant bank (16,2%) va ABO bank (13,9%) portfellarida kuzatilmoqda. Ammo eng muammoli xususiy bank Madad invest bank bo‘lib, uning ishlamaydigan qarzlar ulushi 77,3% ni tashkil qilmoda. Bu xususiy bank tizimi bo‘yicha o‘rtacha kor’satkich (4,6%) dan o‘ta yuqori hisoblanadi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Yevroosiyo taraqqiyot banki Markaziy Osiyo uchun $600 mlndan ortiq investitsiya ajratgan
/
Yevroosiyo taraqqiyot banki Markaziy Osiyo uchun $600 mlndan ortiq investitsiya ajratgan
Bog‘chalarda yangi to‘lov miqdorlari tasdiqlandi
/
Bog‘chalarda yangi to‘lov miqdorlari tasdiqlandi
Raqobat qo‘mitasi “Hududgaz Surxondaryo” ga nisbatan ish qo‘zg‘atdi
/
Raqobat qo‘mitasi “Hududgaz Surxondaryo” ga nisbatan ish qo‘zg‘atdi