O’zbekistonda norasmiy dilerlarga elektromobillarni elektromagnit tekshiruvidan o’tkazish belgilandi
Bu tartib rasmiy dilerlar uchun amal qilmoqda
Rasmiy diler bo‘lmagan xususiy tadbirkorlar elektromobillarni olib kirish bo’yicha muvofiqlik sertifikati olish jarayonida mashinani elektromagnit moslashuvchanligiga tekshiruvdan o‘tkazishi belgilandi.
Rasmiy dilerlar bu tekshiruvdan o‘tib bo‘lib, 2023-yilda 40 tadan ortiq, joriy yil 30 tadan ko‘proq muvofiqlik sertifikatlari berildi.
Rasmiy diler bo‘lmagan avtosalonlar uchun ham bu tartibni qo‘llash boshlandi. Tekshiruv narxi benzinda yuradigan mashinalar uchun 9 mln 88 ming soʻm, elektromobillar uchun esa qariyb 6 mln 300 ming soʻm.
Transport vositalarining toifasiga qarab narx yana o‘zgaradi. Sinovlar Piskent avtopoligonida amalga oshiriladi.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ