Mirzo Ulug‘bek tumani hokimi o‘rinbosari noqonuniy buzilish uchun jarimaga tortildi

Amaldor “Matbuot tarqatuvchi” kioskasini ruxsatsiz demontaj qilgani aniqlangan

Mirzo Ulug‘bek tumani hokimi o‘rinbosari noqonuniy buzilish uchun jarimaga tortildi

Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumani hokimi o‘rinbosari Nig‘mat Po‘latov gazeta savdo shoxobchasini noqonuniy buzdirgani uchun ma’muriy javobgarlikka tortildi. Bu haqda Biznes-ombudsman matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, “Matbuot tarqatuvchi” korxonasi vakillari tuman hokimligi harakatlari ustidan Biznes-ombudsmanga shikoyat qilgan. O‘tkazilgan tekshiruv davomida joriy yil 21-fevral kuni tuman hokimining qurilish va obodonlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari savdo shoxobchasini hech qanday ruxsat hujjatlarisiz olib tashlash bo‘yicha topshiriq bergani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan mansabdor shaxsga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning mulk huquqini buzishga oid 241-1-moddasi asosida bayonnoma rasmiylashtirilgan. Qonunchilikka ko‘ra, bunday huquqbuzarlik uchun 40 dan 80 BHMgacha (16,48 mln so‘mdan 32,98 mln so‘mgacha) jarima belgilangan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, “Matbuot tarqatuvchi” korxonasi 2000-yil fevral oyidan buyon faoliyat yuritadi. U 4 mlrd so‘m ustav kapitaliga ega bo‘lib, bosma nashrlar va kanselyariya mahsulotlari savdosiga ixtisoslashgan. Korxonaga hozirda Aziz Qosimov rahbarlik qilmoqda.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Buxorodagi oltita tarixiy obyekt negizida turizm shaharchasini tashkil etilishi rejalashtirilmoqda
/
Buxorodagi oltita tarixiy obyekt negizida turizm shaharchasini tashkil etilishi rejalashtirilmoqda
Kogon tumanida $350 mlnlik avtomobil zavodi yoʻlga qoʻyiladi
/
Kogon tumanida $350 mlnlik avtomobil zavodi yoʻlga qoʻyiladi
O‘zbekistonda dollar kursi o‘sa boshladi
/
O‘zbekistonda dollar kursi o‘sa boshladi