«Standard Chartered Bank» va «MIGA» NBU’ga 114 mln yevro kredit beradi

Mablag'lar kichik va o'rta biznesni qo'llab-quvvatlashga yo'naltiriladi

«Standard Chartered Bank» va «MIGA» NBU’ga 114 mln yevro kredit beradi

O’zbekiston Milliy banki «Standard Chartered» xalqaro banki va ko’p tarmoqli investitsiyalarni kafolatlash agentligi (MIGA) dan 114 mln yevro kredit oladi. Bu haqda xalqaro bank matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ajratilgan mablag’lar O’zbekistondagi kichik va o’rta biznesni iqtisodiyotning turli sohalarida, jumladan qishloq xo’jaligi va ulgurji savdoda qo’llab-quvvatlashga yo’naltiriladi.

«Standard Chartered» 1969 yilda tashkil etilgan bo’lib, tijorat, korporativ va chakana bank xizmatlarini ko’rsatishga ixtisoslashgan. Bankning bosh qarorgohi Londonda joylashgan.

MIGA BMT’ning ixtisoslashgan agentligi bo’lib, rivojlanayotgan mamlakatlarga to’g’ridan-to’g’ri investitsiyalar yo’nalishini qo’llab-quvvatlaydi. Agentlik, shuningdek, xususiy investorlarga kafolatlar beradi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Markaziy bank dekabrda 10 ta bank va 1 ta mikromoliya tashkilotiga jarima qo‘lladi
/
Markaziy bank dekabrda 10 ta bank va 1 ta mikromoliya tashkilotiga jarima qo‘lladi
2025-yilda O‘zbekistonda 427 mingdan ortiq avtomobil sotildi
/
2025-yilda O‘zbekistonda 427 mingdan ortiq avtomobil sotildi
AQSH Xitoyga Nvidia H200 chiplarini eksport qilishga ruxsat berdi
/
AQSH Xitoyga Nvidia H200 chiplarini eksport qilishga ruxsat berdi