O‘zbekistonda naqd pul massasi 262,6 trln so‘mni tashkil qilmoqda
Dekabr oyida pul massasi 2,3 trln so‘mga kamaygan
Фото: Абдумавлон Мадмусаев / Kapital.uz
O‘zbekistonda muomaladagi naqd pul massasi 1-dekabr holatiga 262,6 trln so‘mni tashkil qilmoqda. Bu haqda Markaziy bank xabar qildi.
Ma’lumotlariga ko‘ra, pul massasi umumiy miqdori dekabr oyida 2,3 trln so‘mga kamaygan.
Bunda milliy valyutadagi pul massasi 398 mlrd so‘mga oshgan bo‘lsa, chet el valyutasidagi depozitlar miqdori 2,7 trln so‘mga kamaygan.
Milliy valyutadagi pul massasi tarkibida naqd pullar hajmi ham 2,6 trln so‘mga kamayib, 51,4 trln so‘mni tashkil qilgan. Shuningdek, talab qilib olinguncha depozitlardagi mablag‘lar qoldig‘i 590 mlrd so‘mga kamaygan bo‘lsa, milliy valyutadagi boshqa depozitlar hajmi 3,6 trln so‘mga oshgan.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ