Namangandagi “Nammotors suv ta’minot” korxonasiga 40 mlrd so‘mlik investitsiya kiritildi

Kompaniya viloyatdagi 43 ta nasos stansiyasini 10 yil davomida boshqaradi

Namangandagi “Nammotors suv ta’minot” korxonasiga 40 mlrd so‘mlik investitsiya kiritildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyati Chortoq tumanidagi “Ayqiron-1” nasos stansiyasini ko‘zdan kechirdi.

Katta Namangan magistral kanalida joylashgan ushbu nasos orqali 815 gektar yer sug‘oriladi. Lekin agregatlar eskirib ketgani sababli samaradorlik past, isrofgarchilik ko‘p edi. Jumladan, har yili taxminan 6 mln kilovatt-soat elektr energiyasi sarflanardi.

Tadbirkor tomonidan davlat-xususiy sheriklik asosida bu yerga energiya tejamkor agregat va zamonaviy uskunalar o‘rnatildi. Yangilangan tizim yiliga 40% gacha elektr energiyasini iqtisod qilish imkonini bermoqda.

Viloyatda ikki yuzdan ortiq nasos stansiyasi bor. Ulardan 43 tasi “Nammotors suv ta’minot” korxonasiga davlat-xususiy sheriklik asosida 10-yil muddatga boshqaruvga berilgan. Bu jarayonga 40 mlrd so‘mlik investitsiya yo‘naltirilgan. Inshootlarga o‘rnatilayotgan nasos agregatlari mahalliylashtirilgan.

Davlat rahbari ikki yil ichida “Ayqiron-1” tajribasi asosida viloyatdagi barcha nasos stansiyalarini modernizatsiya qilish, buni mamlakatning boshqa hududlarida ham bosqichma-bosqich amalga oshirish bo‘yicha topshiriq berdi.

Faqat texnologiyalarni yangilash bilan cheklanib qolmasdan, ularni malakali boshqarish va to‘g‘ri foydalanish ham muhimligi ta’kidlandi. Ilm va bilim bilan ish yuritilsa, modernizatsiyaning iqtisodiy samarasi yuksaladi. Qishloq xo‘jaligida hosildorlik ortib, oziq-ovqat xavfsizligi va aholi turmush darajasi yaxshilanadi.

Mutasaddilar kelgusida 750 dan ziyod fermer xo‘jaliklariga quyosh panellari orqali ishlaydigan kichik nasoslar hamda tomchilatib sug‘orish tizimlarining joriy etilishi haqida ma’lumot berdi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

“UzAuto Motors” Onix va Tracker’ni mahalliylashtirish darajasini 80% ga yetkazishni rejalashtirmoqda
/
“UzAuto Motors” Onix va Tracker’ni mahalliylashtirish darajasini 80% ga yetkazishni rejalashtirmoqda
“Ustyurtda juda katta gaz zaxirasi topildi” — Shavkat Mirziyoyev
/
“Ustyurtda juda katta gaz zaxirasi topildi” — Shavkat Mirziyoyev
O‘zbekistonda dollar kursi 12 300 so‘mdan pastladi
/
O‘zbekistonda dollar kursi 12 300 so‘mdan pastladi