Namanganda $750 mlnlik China Town Namangan majmuasi qurilishi boshlandi

Loyiha doirasida turar-joylar, biznes markaz, besh yulduzli mehmonxona, savdo va dam olish maskanlari barpo etiladi

Namanganda $750 mlnlik China Town Namangan majmuasi qurilishi boshlandi

Xitoy kompaniyasi Namanganda yirik turar-joy majmuasi loyihasi qurilishini boshladi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

4-dekabr kuni viloyatning Davlatobod tumani, Yangi Namangan shaharchasida China Town kompaniyasi tomonidan amalga oshiriladigan China Town Namangan majmuasining qurilishiga start berildi.

Tadbirda Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov, Xitoy Konsultativ kengashining Jiangsu provinsiyasi a’zosi, Jiangsu Tonke Real Estate Co., Ltd kompaniyasi prezidenti Yan Bo ishtirok etdi. Marosimda ramziy lenta kesilib, tamal toshi qo‘yildi.

Ta’kidlanishicha, umumiy qiymati $750 mln bolgan kompleks “Markaziy Osiyodagi yagona loyiha” bo‘ladi. U nafaqat Namangan viloyati, balki Farg‘ona vodiysining iqtisodiyotini rivojlantirishi qayd etildi.

Loyiha doirasida zamonaviy turar-joylar, biznes markazlar, besh yulduzli mehmonxonalar, savdo va dam olish maskanlari barpo etilishi ko‘zda tutilgan.

Buning natijasida yangi ish o‘rinlari yaratilishi va xorijiy investitsiyalarni jalb etish imkoni paydo bo‘lishi kutilmoqda.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Sherzodxon Qudratxo‘ja Milliy media assotsiatsiyasi rahbari lavozimini tark etdi
/
Sherzodxon Qudratxo‘ja Milliy media assotsiatsiyasi rahbari lavozimini tark etdi
“O‘zbekneftgaz”da investitsiyalar samaradorligini nazorat qiluvchi qo‘mita tuzildi
/
“O‘zbekneftgaz”da investitsiyalar samaradorligini nazorat qiluvchi qo‘mita tuzildi
Farmatsevtika va dorivor o‘simliklar loyihalariga soliq imtiyozlari beriladi
/
Farmatsevtika va dorivor o‘simliklar loyihalariga soliq imtiyozlari beriladi