Namanganda $150 mlnlik “Arashan Resort” qurilishi boshlandi

Loyiha Yaponiyaning “NGEA – Nippon Global Education and Assessment” kompaniyasi tomonidan bajariladi

Namanganda $150 mlnlik “Arashan Resort” qurilishi boshlandi

Namangan viloyatining Pop tumanida turizm infratuzilmasini rivojlantirish doirasida yirik loyiha — “Arashan Resort” majmuasi qurilishiga start berildi.

Tog‘oldi hududi hisoblangan Pop tumani tabiiy landshaftlari va Aroshan ko‘llari tizimi bilan ajralib turadi. Shu imkoniyatlardan samarali foydalanish maqsadida hududda zamonaviy turizm markazini barpo etish rejalashtirilgan.

Umumiy qiymati $150 mln bo‘lgan loyiha 600 gektar maydonni qamrab oladi. Majmua to‘liq ishga tushirilgach, kuniga 2,5 ming nafar, yiliga esa 900 mingdan ortiq sayyohga xizmat ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Shuningdek, 2 mingdan ziyod yangi ish o‘rni yaratilishi kutilmoqda.

Loyiha doirasida ekologik va tog‘ turizmi yo‘nalishlari, ekstremal dam olish zonalari, gastronomik markazlar hamda rekreatsiya va sog‘lomlashtirish hududlari tashkil etiladi. Bundan tashqari, hududda tematik parklar, chang‘i majmualari, zipline attraksionlari, restoran va kafelar, ochiq osmon ostidagi kinoteatr, ekobozor va sport maydonchalari barpo etilishi ko‘zda tutilgan.

Mazkur loyiha Yaponiyaning “NGEA – Nippon Global Education and Assessment” kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.

Tadbirda viloyat hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov boshchiligida davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, mutasaddilar hamda nuroniylar ishtirok etdi.

arashan resort, namangan, turizm, qurilish

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Toshkent viloyatida 1-apreldan chiqindi tariflari oshiriladi
/
Toshkent viloyatida 1-apreldan chiqindi tariflari oshiriladi
Yangi Toshkent stadioni yonida 5,5 ming o‘rinli avtoturargoh quriladi
/
Yangi Toshkent stadioni yonida 5,5 ming o‘rinli avtoturargoh quriladi
“Poytaxtbank” kuzatuv kengashi to‘liq yangilandi
/
“Poytaxtbank” kuzatuv kengashi to‘liq yangilandi