2025-yilda muomaladagi banknotalar soni 2 445,7 mln donaga yetdi

200 ming so‘mlik kupyuralar ulushi 28,5%gacha oshib, yirik nominallar umumiy hajmning 83,1%ini tashkil etdi

2025-yilda muomaladagi banknotalar soni 2 445,7 mln donaga yetdi

2025-yilda Markaziy bank tomonidan qo‘shimcha naqd pullar muomalaga chiqarilishi natijasida banknotlar umumiy soni 262 mln donaga oshib, 2 445,7 mln donani tashkil etdi.

Muomaladagi naqd pullar tarkibida yirik nominalli kupyuralar ulushi ortdi. Xususan, 200 ming so‘mlik banknotlar ulushi bir yil ichida 23,4%dan 28,5%gacha ko‘paydi. Aksincha, 100 ming so‘mlik kupyuralar ulushi 40,9%dan 36,4%gacha kamaydi. Bu jarayon asosan eski namunadagi banknotlarni muomaladan chiqarish hisobiga shakllangani qayd etildi.

2025-yil yakuniga kelib, muomaladagi banknotlar tarkibida kichik nominallar va tangalar 1,1%, o‘rta nominallar 15,8%, yirik nominallar esa 83,1%ni tashkil etdi hamda belgilangan koridor doirasida shakllandi.

Shuningdek, eski namunadagi banknotlar ulushi sezilarli qisqardi: 5 ming so‘mliklarda 25%dan 7%gacha, 10 ming so‘mliklarda 24%dan 5%gacha, 50 ming so‘mliklarda 25%dan 4%gacha va 100 ming so‘mliklarda 18%dan 3%gacha kamaydi. Bu natija eski kupyuralarni bosqichma-bosqich qaytarib olish va ularni yangi namunadagi banknotlar bilan almashtirish bo‘yicha amalga oshirilgan choralar bilan izohlandi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda 183 turdagi tovarlar uchun import bojlari kamaytiriladi
/
O‘zbekistonda 183 turdagi tovarlar uchun import bojlari kamaytiriladi
Toshkentda ikkilamchi uy-joy bozori 0,6%gacha sekinlashdi
/
Toshkentda ikkilamchi uy-joy bozori 0,6%gacha sekinlashdi
2026-yilda O‘zbekistonda $50 mlrd xorijiy investitsiya jalb qilish rejalashtirilmoqda
/
2026-yilda O‘zbekistonda $50 mlrd xorijiy investitsiya jalb qilish rejalashtirilmoqda