O‘zbekistonda muhim to‘lov tashkilotlari tushunchasi paydo bo‘ladi

Oliy Majlis to‘lov tizimlariga oid yangi qonun loyihasini ma’qulladi

O‘zbekistonda muhim to‘lov tashkilotlari tushunchasi paydo bo‘ladi

Qonunchilik palatasi to‘lov tizimlari va to‘lov tashkilotlarini tartibga solish to‘g‘risidagi qonun loyihasini ikkinchi va uchinchi o‘qishda qabul qildi. Bu haqda Oliy Majlis quyi palatasi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Mazkur hujjat naqd pulsiz hisob-kitoblar sohasidagi xatarlarni boshqarishni takomillashtirish maqsadida ishlab chiqilgan. Unda “Markaziy bank to‘g‘risida”gi, “To‘lovlar va to‘lov tizimlari to‘g‘risida”gi, “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi hamda “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi qonunlarga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.

Loyihaga muvofiq, barcha to‘lov tizimlari va xizmatlari operatorlari xatarlarni boshqarish tizimini joriy etishlari va Markaziy bank belgilaydigan minimal talablarga rioya qilishlari shart bo‘ladi. Bu firibgarlik va kiberjinoyatchilik xavfining kuchayishi bilan bog‘liq.

To‘lov tashkilotlari faoliyat sohasiga qarab toifalarga bo‘linadi. Shuningdek, qonun loyihasida muhim to‘lov tashkiloti tushunchasi kiritilmoqda.

Qonun loyihasi Senatga ma’qullash uchun yuborilmoqda. Keyinchalik u kuchga kirishi uchun prezident tomonidan imzolanishi kerak bo‘ladi.

Avvalroq, Markaziy bank 2025-yil sentabrgacha antifrod tizimini joriy etishi haqida xabar berilgandi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Markaziy bank banklarga mijoz roziligisiz kreditni hisobdan chiqarmaslikka chaqirdi
/
Markaziy bank banklarga mijoz roziligisiz kreditni hisobdan chiqarmaslikka chaqirdi
1-iyuldan O‘zbekistonda parvozlar uchun elektron hujjat bilan ro‘yxatdan o‘tish mumkin bo‘ladi
/
1-iyuldan O‘zbekistonda parvozlar uchun elektron hujjat bilan ro‘yxatdan o‘tish mumkin bo‘ladi
O‘zbekistonda pensiya hisoblashning bazaviy miqdori oshirildi
/
O‘zbekistonda pensiya hisoblashning bazaviy miqdori oshirildi