O‘zbekistonda banklarning kredit portfeli 582 trln so‘mdan oshdi
Muammoli kreditlar ulushi o'tgan oyga nisbatan yaxshilanib, 3,7% ni tashkil qilmoqda
2025-yil 1-oktabr holatiga ko‘ra, O‘zbekiston tijorat banklarida muammoli kreditlar (NPL) darajasi 3,7%ni tashkil etib, ko’rsatkich o’tgan oyga nisbatan 0,5% ga pastladi. Bu haqda Markaziy bank hisobotida qayd etilgan.
Umuman olganda, bank sektorining kredit portfeli 0,2% ga o‘sib, 582,2 trln so‘mdan oshdi.
Davlat ulushiga ega banklar umumiy kredit portfelining 70% ini (394,9 trln so‘m) tashkil etmoqda va ularning NPL ulushi 3,7% darajasida qayd etilgan. Bu oyda Aloqa bank (2,4%) hamda Turon bank (2,8) kabi yirik banklarda muammoli kreditlar ulushi past natijani qayd etgan.
Xususiy banklarda NPL ulushi o’tga oyga nisbatan 0,2% ga yaxshilanib, 3,6% ni tashkil qilmoqda. Eng yuqori ulushda muammoli kredit mavjud bo’lgan banklar Garanat bank (9,9%) va Avo bank (8,8%) hisoblanadi.
O’tgan oyda xususiy banklarda muammoli kreditlar yuqoriligini TBC Bank (5,15%), Anor Bank (4,34%) va Davr Bank (3,77)% egallagan edi. Bu oyda banklar mos ravishda 4,5%, 4,3% va 4,2% ni qayd etdi.
O‘tgan oy davomida ayrim banklarda muammoli kreditlar ulushi (NPL) bo‘yicha quyidagi o‘zgarishlar kuzatildi:
NPL ulushi oshgan banklar:
- Davr Bank — 3,8% dan 4,2% gacha;
- Hayot Bank — 1,9% dan 2,6% gacha;
- NBU Bank — 2,9% dan 3,3% gacha;
- Ziraat Bank — 3,2% dan 3,5% gacha;
- Ipoteka Bank — 6,1% dan 6,3% gacha;
- Invest Finans Bank — 2,6% dan 2,7% gacha;
- Asia Alliance Bank — 0,6% dan 0,8% gacha.
NPL ulushi kamaygan banklar:
- Turon Bank — 4,2% dan 2,8% gacha;
- TBC Bank — 5,2% dan 4,5% gacha;
- Hamkorbank — 1,5% dan 1,4% gacha;
- Ipak Yo‘li Bank — 1,5% dan 1,4% gacha;
- Garant Bank — 12,9% dan 9,9% gacha;
- Saderat Bank Iran — 2,7% dan 2,6% gacha;
- Yangi Bank — 8,9% dan 7,4% gacha;
- AVO Bank — 9,2% dan 8,8% gacha;
- Orient Finans Bank — 1,7% dan 1,4% gacha;
- Xalq Bank — 3,7% dan 3,6% gacha;
- Trast Bank — 3,4% dan 3,3% gacha;
- Kapital Bank — 4,8% dan 4,4% gacha;
- O‘zsanoatqurilishbank — 3,5% dan 3,4% gacha;
- BRB — 6,0% dan 5,9% gacha.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ