O‘zbekistonda elektromotosikllar, mopedlar va skuterlar uchun alohida davlat raqami belgilari berish boshlandi
Iste’molchilar Davlat yo‘l harakati boshqarmasida hujjatlarni rasmiylashtishlari mumkin
O‘zbekistonda kecha, 26-dekabrdan boshlab elektromotosikllar, mopedlar va skuterlar uchun alohida davlat raqami belgilari berish boshlandi. Bu haqida Jamoat xavfsizlik departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati ma’lum qildi.
Joriy yilning yoz oylarida O‘zbekistonda elektromototsikllar, mopedlar va skuterlar uchun alohida davlat raqami belgilari joriy qilinishi haqida qaror qabul qilingan edi.
Ayni vaqtda elektromotosikllar, mopedlar va skuterlarga ega iste’molchilar yaqin hududdagi Davlat yo‘l harakati boshqarmasining Ro‘yxatga olish va imtihon o‘tkazish bo‘limlari hujjatlarni rasmiylashtirib, davlat raqamini olishlari mumkin.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ