Saida Mirziyoyeva Qoraqalpog’istonni rivojlantirish uchun mas’ul etib tayinlandi

Kelgusi yilda mintaqani rivojlantirish uchun 1 trln so'mdan ortiq mablag' ajratish rejalashtirilmoqda

Saida Mirziyoyeva Qoraqalpog’istonni rivojlantirish uchun mas’ul etib tayinlandi

Prezident yordamchisi Saida Mirzoyeva va mintaqaning barqaror rivojlanish bo’yicha maslahatchisi Tursinxon Xudaybergenov Shavkat Mirziyoyevning Qoraqalpog’istonni rivojlantirish bo’yicha topshiriqlarining bajarilishini nazorat qiladi. Bu haqda Kegeyli tumanidagi prezident ishtirokidagi yig’ilishda xabar berildi.

Mintaqada yashash sharoitlarini yaxshilash uchun respublika byudjetidan qo’shimcha ravishda 100 mlrd so’m ajratiladi. Keyingi yili Qoraqalpog’istonning ijtimoiy loyihalari va infratuzilmasiga 1 trln so’mdan ortiq mablag’ ajratish rejalashtirilmoqda. Jumladan, maktablar, bolalar bog’chalari va tibbiyot muassasalarini qurish va ta’mirlash, sanoat zonalarini rivojlantirishga esa 353 mlrd so’m mablag’ ajratiladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda barcha xorijiy valyutalar qimmatlashdi
/
O‘zbekistonda barcha xorijiy valyutalar qimmatlashdi
Innovatsiyalar va rivojlanishning 5 yili: TBC Uzbekistan natijalarni sarhisob qilmoqda
/
Innovatsiyalar va rivojlanishning 5 yili: TBC Uzbekistan natijalarni sarhisob qilmoqda
Endilikda mahalla markazlari binolari 7 yilgacha mol-mulk va yer solig‘idan ozod qilinadi
/
Endilikda mahalla markazlari binolari 7 yilgacha mol-mulk va yer solig‘idan ozod qilinadi