O‘zbekiston Xitoy bilan JSTga a’zo bo‘lishi yuzasidan ikki tomonlama muzokaralarni yakunladi

Bugun, 17-iyun kuni Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istonda Si Szinpin bilan uchrashdi

O‘zbekiston Xitoy bilan JSTga a’zo bo‘lishi yuzasidan ikki tomonlama muzokaralarni yakunladi

Shavkat Mirziyoyev va Xitoy raisi Si Szinpin 17-iyun kuni Qozog‘istonda muzokara o‘tkazib, ikki tomonlama va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalarni ko‘rib chiqdi.

Prezident matbuot xizmatining xabar qilishicha, davlat rahbarlari keyingi yillarda O‘zbekiston bilan Xitoy o‘rtasidagi do‘stlik va barcha sharoitlarda har tomonlama strategik sheriklik munosabatlari misli ko‘rilmagan yuksak darajaga ko‘tarilganini qayd etdi.

Kambag‘allikka qarshi kurashish sohasidagi hamkorlikni yanada chuqurlashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Yetakchilar Xitoy—Qirg‘iziston—O‘zbekiston strategik temir yo‘li qurilishini jadallashtirish muhimligini ham qayd etdi. Ta’lim, fan, turizm va madaniyat, kadrlar tayyorlash hamda xitoy tilini o‘rganish sohalaridagi almashinuvlarni rivojlantirishdan manfaatdorlik bildirildi.

Uchrashuvda xalqaro kun tartibi yuzasidan ham fikr almashildi. BMT, SHHT, “Markaziy Osiyo— Xitoy” formati va boshqa ko‘p tomonlama tuzilmalar doirasidagi muvofiqlashuv va o‘zaro qo‘llab-quvvatlashni davom ettirish muhimligi qayd etildi.

Yakunda yetakchilar huzurida O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishi bo‘yicha ikki tomonlama muzokaralar yakunlangani to‘g‘risida bayonnoma imzolangani e’lon qilindi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

“Hyundai Rotem” poyezdlarida birinchi qatnov 2026-yilning mart oyida yo‘lga qo‘yiladi
/
“Hyundai Rotem” poyezdlarida birinchi qatnov 2026-yilning mart oyida yo‘lga qo‘yiladi
Markaziy bankning mamlakatdagi vazifalari kengaytirildi
/
Markaziy bankning mamlakatdagi vazifalari kengaytirildi
O‘zbekiston Markaziy banki raisi AFI direktorlar kengashi raisining o‘rinbosari etib saylandi
/
O‘zbekiston Markaziy banki raisi AFI direktorlar kengashi raisining o‘rinbosari etib saylandi