O‘zbekiston Rossiyaning “Bronka Grupp” xolding kompaniyasi bilan bitim imzoladi

Kompaniya migrantlarga Rossiyada qonuniy yashash va ishlash tartibi bo‘yicha migrantlarni xabardor qilish tizimlarini yaratadi

O‘zbekiston Rossiyaning “Bronka Grupp” xolding kompaniyasi bilan bitim imzoladi

O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida joylashgan “Bronka Grupp” xoldingi o‘zaro hamkorlik bo‘yicha bitim imzoladi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati ma’lum qildi.

Mazkur kelishuv doirasida tomonlar Rossiyada ishlayotgan o‘zbekistonlik mehnat migrantlariga yashash va ishlash qoidalarini tushuntirishda birgalikda yordam berishga qaror qildi.

Bitimga “Bronka Grupp” bosh direktori Nikita Murov hamda O‘zbekiston Migratsiya agentligining Rossiyadagi vakolatxonasi rahbari Oybek Odilov imzo chekkan.

Xolding bergan ma’lumotga ko‘ra, ushbu hamkorlik Rossiyada qonuniy yashash va mehnat faoliyatini yuritish tartibi haqida migrantlarni xabardor qilish tizimini shakllantirishni ko‘zda tutadi. Loyihaning asosiy maqsadi – qonunbuzarlik holatlarini kamaytirish va migrantlar uchun legallashtirish jarayonini yengillashtirishdir.

Migrantlar ko‘pincha ma’lumot yetishmasligi sababli maslahat olishdan qo‘rqishadi. Biz ularga qanday qilib qonuniy va xavfsiz yo‘l tutishni tushuntirib beramiz, – deydi Nikita Murov.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Jahon banki O‘zbekistonning 12 yillik iqtisodiy rivojlanishini tahlil qildi
/
Jahon banki O‘zbekistonning 12 yillik iqtisodiy rivojlanishini tahlil qildi
O‘zini o‘zi band qilgan taksi haydovchilari uchun soliqlarni agregatorlar to‘laydi
/
O‘zini o‘zi band qilgan taksi haydovchilari uchun soliqlarni agregatorlar to‘laydi
O‘zbekistonda banklarning mikroqarz va avtokreditlar bo‘yicha foiz stavkalari e’lon qilindi
/
O‘zbekistonda banklarning mikroqarz va avtokreditlar bo‘yicha foiz stavkalari e’lon qilindi