O’zbekiston $420 mlndan ortiq meva-sabzavot eksport qildi

Bu o'tgan yilning shu davriga nisbatan deyarli 3%ga ko'p

O’zbekiston $420 mlndan ortiq meva-sabzavot eksport qildi

Joriy yilning yanvar-may oylari orasida O’zbekiston meva-sabzavot mahsulotlarini $420,1 mlnga eksport qildi, bu o’tgan yilning shu davriga nisbatan 2,6% ga ko’pdir. Bu haqda statistika agentligi xabar beradi.

Yil boshidan respublika xorijga 722,1 ming tonna meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qildi. 

Bu ko’rsatkich 10,4%ga yoki 68,3 ming tonnaga oshdi.

Sabzavot va meva eksportining asosiy bozorlari Rossiya $137,4 mln (32,7%), Pokiston $82,8 mln (19,7%), Qozog’iston $64,4 mln (15,3%) va Xitoy $32,9 mln (7,8%).

Eksportning eng katta hajmi piyozga to’g’ri keladi — $44,1 mln. Shuningdek, eksportning katta qismini karam — $41,2 mln, mash — $26,8 mln tashkil etadi, uning eksporti 37,6%ga va quritilgan uzum — $21 mln, bu 32,4%ga kamaydi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

BlackRock Toshkentda xalqaro moliya markazini tashkil etishga yordam beradi
/
BlackRock Toshkentda xalqaro moliya markazini tashkil etishga yordam beradi
Avgustda so‘mdagi kreditlar stavkasi 20,1% ni tashkil etdi
/
Avgustda so‘mdagi kreditlar stavkasi 20,1% ni tashkil etdi
Moliya vazirligi “Uzbekistan Airways” IPO’si 2027-yilgacha kechiktirilishini ma’lum qildi
/
Moliya vazirligi “Uzbekistan Airways” IPO’si 2027-yilgacha kechiktirilishini ma’lum qildi