Transportda xavfsizlik qoidalarini buzish uchun yangi jarimalar belgilandi

Xususan, xizmat xodimlaridan BHMning 10 baravari miqdorida jarima undiriladi

Transportda xavfsizlik qoidalarini buzish uchun yangi jarimalar belgilandi

2026-yil 5-fevralda qabul qilingan O‘RQ–1118-sonli Qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Yangi normalar temir yo‘l transporti va metropolitenda harakat hamda tashish xavfsizligi talablarini buzganlik uchun ma’muriy javobgarlikni belgilaydi.

Qonunga muvofiq, temir yo‘l va metropolitenda xavfsizlik qoidalarini buzgan mansabdor shaxslar hamda xizmat xodimlariga bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari miqdorida jarima solinadi. Shuningdek, bunday qoidabuzarliklar bilan bog‘liq hodisalarni yoki ular haqidagi ma’lumotlarni qasddan yashirish ham xuddi shu miqdordagi jarimaga sabab bo‘lishi ko‘zda tutilgan.

Bundan tashqari, avtomobil transporti sohasida ham javobgarlik kuchaytirildi. Jumladan, yo‘lovchilarni tegishli hujjatlarsiz tashish, yo‘l haqi tariflarini asossiz oshirish, tasdiqlangan qatnov jadvaliga rioya qilmaslik yoki belgilangan yo‘nalishdan chetga chiqish holatlari uchun BHMning 3 baravari miqdorida jarima belgilandi.

Mazkur qonun rasmiy e’lon qilingan kundan boshlab uch oy o‘tgach ya’ni 5-maydan kuchga kiradi. Yangi tartiblar transportda xavfsizlikni ta’minlash va yo‘lovchilar huquqlarini himoya qilishga qaratilgan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

2027-yildan boshlab suv tejovchi qurilmalar joriy qilinmaganda 2 barobar soliq undiriladi
/
2027-yildan boshlab suv tejovchi qurilmalar joriy qilinmaganda 2 barobar soliq undiriladi
O‘zbekistonda usta dehqonlarga 75 mln so‘mgacha subsidiya va garovsiz kreditlar ajratiladi
/
O‘zbekistonda usta dehqonlarga 75 mln so‘mgacha subsidiya va garovsiz kreditlar ajratiladi
Farg‘onada 800 o‘rinli ko‘p tarmoqli shifoxona quriladi
/
Farg‘onada 800 o‘rinli ko‘p tarmoqli shifoxona quriladi