DABA va Turkiyaning xususiylashtirish ma’muriyati memorandum imzoladilar

Shuningdek, tomonlar “E-auksion”ni Turkiyada joriy etishni muhokama qildilar

DABA va Turkiyaning xususiylashtirish ma’muriyati memorandum imzoladilar

9 oktyabr kuni Davlat aktivlarini boshqarish agentligida Turkiya xususiylashtirish ma’muriyati prezidenti Bekir Emre Xaykir boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo’lib o’tdi. Bu haqda Agentlik xabar bermoqda.

Shuningdek, unda Turkiyaning O’zbekistondagi elchisi Olgan Bekar va Turkiyaning xususiylashtirish bo’yicha ma’muriyati boshlig’ining o’rinbosari Murat Ibrogim Chelebey ham ishtirok etdi. 

Natijada tomonlar O’zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko’lamli islohotlar doirasida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan o’zaro anglashuv memorandumini imzoladilar. Hujjat davlat korxonalarini boshqarishda turk tajribasini moslashtirish, xususiylashtirish jarayonlariga turk investorlarini jalb qilish va ushbu jarayonlarni raqamlashtirish bo’yicha tajriba almashishni o’z ichiga oladi. 

Uchrashuv davomida “E-auksion” elektron savdo platformasining imkoniyatlari, yer uchastkalarini sotish tizimi va uning amalda ishlashi haqida ma’lumot berildi. Turkiya ma’muriyati prezidenti “E-auksion” elektron savdo tizimiga qiziqish bildirdi va uni Turkiyada joriy etish bo’yicha hamkorlikni taklif qildi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda 37 ta tumanda oilaviy tadbirkorlik kreditlari 12%gacha arzonlashadi
/
O‘zbekistonda 37 ta tumanda oilaviy tadbirkorlik kreditlari 12%gacha arzonlashadi
Mamlakatdagi 903 ta mahallada kichik quyosh stansiyalari quriladi
/
Mamlakatdagi 903 ta mahallada kichik quyosh stansiyalari quriladi
Rossiyadan O‘zbekistonga gaz yetkazib berish hajmi 30% ga oshdi
/
Rossiyadan O‘zbekistonga gaz yetkazib berish hajmi 30% ga oshdi