O‘zbekiston 2025-yil mart oyida oltin sotishda yetakchilikni saqlab qoldi

Regulyator, xususan, birinchi chorakda 15 tonna oltin sotgan

O‘zbekiston 2025-yil mart oyida oltin sotishda yetakchilikni saqlab qoldi

O‘zbekiston Markaziy banki 2025-yil mart oyida yana bir bor oltin bo‘yicha eng yirik sof sotuvchi davlat sifatida yetakchilik qildi. Jahon Oltin Kengashi (WGC) ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakat bir oyda 11 tonna qimmatbaho metal sotib, o‘z pozitsiyasini mustahkamladi.

Markaziy banklar tomonidan oltinga bo‘lgan umumiy qiziqish kuchaygan bo‘lishiga qaramay, mart oyidagi jami 35 tonnalik xaridlar 18 tonnalik sotuvlar bilan qisman qoplandi.

Faol xaridorlar orasida Polsha (+16 t), Qozog‘iston (+11 t) va Xitoy (+3 t) yetakchilik qilgan bo‘lsa, O‘zbekiston, Singapur (-5 t) va Qirg‘iziston (-2 t) eng ko‘p sotgan davlatlar bo‘ldi.

2025-yilning I choragida O‘zbekiston jami 15 tonna oltin sotib, boshqa barcha davlatlardan ko‘proq savdo amalga oshirdi. Undan keyingi o‘rinlarda Singapur (-5 t), Qirg‘iziston (-4 t) va Rossiya (-3 t) joylashdi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Ko‘p kvartirali uylar qurilishida eskrou hisobvaraqlari joriy etilishi bo‘yicha qonun Senatga yuborildi
/
Ko‘p kvartirali uylar qurilishida eskrou hisobvaraqlari joriy etilishi bo‘yicha qonun Senatga yuborildi
O‘zbekistonda energetika loyihalarida mahalliy institutlar ulushi 50% ga yetkaziladi
/
O‘zbekistonda energetika loyihalarida mahalliy institutlar ulushi 50% ga yetkaziladi
O‘zbekistonda to‘lanmagan jarimalar uchun avtomobillar jarima maydonchasiga joylashtirilishi mumkin
/
O‘zbekistonda to‘lanmagan jarimalar uchun avtomobillar jarima maydonchasiga joylashtirilishi mumkin