“Maroqand” va “Humans Companies” aksiyalari bilan savdolar qayta tiklandi

Savdolar 10-fevraldan boshlab to‘xtatilgan edi

“Maroqand” va “Humans Companies” aksiyalari bilan savdolar qayta tiklandi

“Toshkent” Respublika fond birjasi “Maroqand” va “Humans Companies” aksiyalari bilan savdolarni yana tikladi.

Mazkur qaror Birja listingiga kiritilmagan qimmatli qog‘ozlar bilan savdolarni tashkil etish qoidalari, shuningdek Markaziy depozitariy hamda qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga soluvchi vakolatli organlarning murojaatlari asosida qabul qilindi.

Eslatib o‘tamiz, 2024-yil 10-fevraldan boshlab ushbu kompaniyalar aksiyalari bilan savdolar vaqtincha to‘xtatilgan edi. O‘shanda birja matbuot xizmatining tushuntirishicha, cheklovlar “keyingi bildirishnomalarga qadar” amal qilgan va birja savdosi qoidalarining 1687-bandi, Markaziy depozitariyning 6-fevraldagi xabarnomasi hamda LBMAning 7-fevraldagi qarorlariga asoslangan bo‘lgan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Toshkentda Yangi Bank bosh ofisi binosi 111,3 mlrd so‘mga sotildi
/
Toshkentda Yangi Bank bosh ofisi binosi 111,3 mlrd so‘mga sotildi
O‘zbekiston va O‘mon fuqarolari 30 kungacha vizasiz safar qilishi mumkin bo‘ladi
/
O‘zbekiston va O‘mon fuqarolari 30 kungacha vizasiz safar qilishi mumkin bo‘ladi
O‘zbekistonda oltin quymalari narxi yanvar oyidan beri eng past darajaga tushdi
/
O‘zbekistonda oltin quymalari narxi yanvar oyidan beri eng past darajaga tushdi