O‘zbekistonda 1-maydan o‘g‘itlar va kimyoviy vositalarni markirovkalash boshlanadi

Sinov tariqasida amalga oshiriladigan bu tadbir kelgusi yildan majburiy bo‘ladi 

O‘zbekistonda 1-maydan o‘g‘itlar va kimyoviy vositalarni markirovkalash boshlanadi

O‘zbekistonda mineral o‘g‘itlar va o‘simliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarni majburiy raqamli markirovkalash tizimini joriy etilmoqda. Bu Vazirlar Mahkamasining 8-apreldagi qarorida belgilangan.

Eksportbop mahsulotlarni yetishtirishda sifatli pestitsid va mineral o‘g‘itlarni qo‘llash, kontrafakt va kontrabandaning oldini olish uchun ushbu tizimni joriy etish prezidentning 2024-yil 1-apreldagi qarorida nazarda tutilgan edi.

Hujjatga ko‘ra, barcha azotli, fosforli, kaliyli va kompleks o‘g‘itlar, mikroo‘g‘itlar va brommetan (metilbromid) markirovka qilinishi belgilanmoqda. Shu bilan birga, unda foydalaniladigan vositalar qatorida insektitsidlar, fungitsidlar, gerbitsidlar, o‘simliklar o‘sishini boshqaruvchi va dezinfeksiyalash vositalari bor, deb yozadi Spot.

Tizim 2025-yil 1-maydan 31-oktabrgacha tajriba asosida yo‘lga qo‘yiladi. Loyihada beshta kompaniya ishtirok etadi:

  • Maxam-Chirchiq;
  • Swissagro;
  • Ifoda Agro Kimyo Himoya;
  • Indorama Kokand Fertilizers and Chemicals;
  • Schelkova Agrohim-O’zbekiston.

2026-yil 1-maydan boshlab esa ushbu mahsulotlarni raqamli markirovkalash majburiy bo‘ladi.

Vazirlar Mahkamasi tomonidan pilot loyihani amalga oshirishning vaqtinchalik nizomi tasdiqlandi. Undan ko‘zlangan maqsad mineral o‘g‘itlar va kimyoviy vositalarning haqiqiyligini tasdiqlash, ularni O‘zbekistonga noqonuniy olib kirishga (import qilish), ishlab chiqarish (shu jumladan, kontrafakt mahsulotlarni) va aylanmasiga qarshi kurashishdan iborat.

Bundan tashqari, raqamli identifikatsiya qilish vositalari bilan belgilangan mineral o‘g‘itlar va o‘simliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarni olib kirish (import qilish), ishlab chiqarish va aylanmasini hisobga olish tartibini standartlashtirish, shuningdek, ularni majburiy raqamli markirovkalashga o‘tishning maqsadga muvofiqligi va ketma-ketligini aniqlash ko‘zda tutilgan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Amal Baymaxanov Anorbank marketing direktori lavozimidan ketdi
/
Amal Baymaxanov Anorbank marketing direktori lavozimidan ketdi
O‘zbekistonda 1-iyuldan boshlab birorta tovar eksportiga cheklov bo‘lmaydi
/
O‘zbekistonda 1-iyuldan boshlab birorta tovar eksportiga cheklov bo‘lmaydi
Toshkent aeroportida yuklarni saqlash uchun avtomatik javonlar o‘rnatildi
/
Toshkent aeroportida yuklarni saqlash uchun avtomatik javonlar o‘rnatildi