20.6.2025 | 18:12
Markaziy bank yana 3 ta tashkilotni ro‘yxatdan o‘tkazdi
Mamlakatda mikromoliya tashkilotlari soni 121 taga yetdi

Markaziy bank boshqaruvining qarori bilan 3 ta mas’uliyati cheklangan jamiyati mikromoliya tashkiloti faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar reestriga kiritildi.
Hisob roʻyxatidan oʻtkazilgan kompaniyalar quyidagilar:
- “FANAVVD MIKROMOLIYA TASHKILOTI” MCHJ;
- “MULTIFINANCE” MCHJ;
- “IMPACT FINANCE LEADERS” MCHJ.
Regulyator aprel oyida 4 ta kompaniyani ro‘yxatdan o‘tkazgandi. Oʻshanda mamlakatda mikromoliya tashkilotlari soni 118 taga yetgan.
Bundan kelib chiqadiki, endilikda bunday tashkilotlar soni 121 taga yetdi.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ