Markaziy bank sentabr oyida 8 ta bankka nisbatan jarima qo‘lladi

Bundan tashqari, prudensial talablarni buzganligi sababli 7 ta bank va 13 ta to‘lov tashkiloti ogohlantirildi

Markaziy bank sentabr oyida 8 ta bankka nisbatan jarima qo‘lladi

Markaziy bank 2025-yil sentabr oyida 9 ta yig‘ilishda jami 43 ta masalani ko‘rib chiqdi.

Shulardan 28 tasi ro‘yxatga olish va ruxsat berish yo‘nalishiga oid bo‘lib, yangi mikromoliya tashkilotlarini ro‘yxatdan o‘tkazish, banklar ustaviga o‘zgartirishlar kiritish, auditorlik sertifikatlarini berish va bank rahbariyatiga nomzodlarni ko‘rib chiqish kabi masalalarni o‘z ichiga oldi.

Shuningdek, 15 ta masala kredit tashkilotlarining moliyaviy holati, prudensial me’yorlarga rioya etilishi, inspeksiya natijalari hamda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bog‘liq bo‘ldi.

Natijada prudensial talablarni buzganligi sababli 7 ta bank va 13 ta to‘lov tashkiloti ogohlantirildi, 8 ta bank esa qonunchilik qoidalarini buzganlik uchun jarimaga tortildi.

Eslatib o’tamiz, regulyator avgust oyida 9 ta bankka nisbatan jarima sanksiyalari qoʻllagan edi. Shuningdek, 6 ta mikromoliya tashkiloti va 4 ta lombardga ham bunday choralar koʻrilgan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

2026-yildan O‘zbekistonda minimal ish haqini belgilashda kasaba uyushmalari va ish beruvchilar ham qatnashadi
/
2026-yildan O‘zbekistonda minimal ish haqini belgilashda kasaba uyushmalari va ish beruvchilar ham qatnashadi
Rossiya 2025-yilda O‘zbekistonga gaz eskportini ko‘paytiradi
/
Rossiya 2025-yilda O‘zbekistonga gaz eskportini ko‘paytiradi
O‘zbekistonlik Kamila Mahmudova RBI bankining moliyaviy direktori etib tayinlandi
/
O‘zbekistonlik Kamila Mahmudova RBI bankining moliyaviy direktori etib tayinlandi