O’zbekiston Markaziy banki xorijiy qimmatli qog’ozlarga sarmoya kiritdi

Jahon banki mutaxassislari zaxiralarni boshqarish bo'yicha treninglar o'tkazdilar va ularni diversifikatsiya qilish bo'yicha tavsiyalar berishdi

O’zbekiston Markaziy banki xorijiy qimmatli qog’ozlarga sarmoya kiritdi

O’zbekiston Markaziy banki xorijiy davlat qimmatli qog’ozlariga sarmoya kiritdi. Bu haqda regulyatorning matbuot xizmati xabar berdi.

2024 yilning 27-31 may kunlari O’zbekistonda jahon banki G’aznachiligi ekspertlarining texnik qo’llab-quvvatlash missiyasi bo’lib o’tdi. Missiya davomida xalqaro zaxiralarni boshqarishda diversifikatsiyaning ahamiyatiga qaratilgan ixtisoslashtirilgan treninglar o’tkazildi.

Mutaxassislar, shuningdek, Markaziy bankning investitsiya, savdo operatsiyalari va buxgalteriya hisobi bo’yicha risklarni boshqarish bo’limlari bilan ishladilar.

Missiya yakunlari bo’yicha Jahon banki G’aznachiligi ekspertlari xalqaro zaxiralarni boshqarish tizimini va Markaziy bankning tegishli bo’linmalari faoliyatini yaxshilash bo’yicha tavsiyalar berdi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda eksportchilar uchun “100 mahsulot akseleratori” dasturi ishga tushirildi
/
O‘zbekistonda eksportchilar uchun “100 mahsulot akseleratori” dasturi ishga tushirildi
Senat bank kartalarini firibgarlardan himoya qilish to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi
/
Senat bank kartalarini firibgarlardan himoya qilish to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi
Sud mashhur brendlar nomi ostida kiyim ishlab chiqargan kompaniyalarni jarimaga tortdi
/
Sud mashhur brendlar nomi ostida kiyim ishlab chiqargan kompaniyalarni jarimaga tortdi